Mavzu : Musiqa ting


Download 3.3 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi3.3 Kb.
#1262204
Bog'liq
Mavzu Musiqa ting-fayllar.org


Mavzu : Musiqa ting

Mavzu : Musiqa ting



Mavzu : Bolalarni tinglashga o’rgatish
Reja:
1)Musiqani tinglashda ko’nikma va malakalar.
2)Musiqani idrok etishda paydo bo’ladigan bilim va malakalar.


Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma, malaka va bilimlar Musiqa bolalarning his – tuyg’ulariga bevosita ta’sir qilishi orqali ularning ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. Musiqa san’atining ta’sir kuchi boshqa – ta’kid va uqtirishlarga nisbatan kuchliroq bo’ladi.

Bolalarni har xil emotsional – obrazli mazmundagi asarlar bilan tanishar ekanmiz, biz beixtiyor ularni hissiyotlariga ta’sir qilamiz va ularni kechinmalar olamiga olib kiramiz.


Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to’g’risidagi masalaga to’xtaymiz.
Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intellektual, bilish, emotsional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak.
Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlarini aytishga olib keladi. .
7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.
Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
Musiqa materialini ajratib olish. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).

Musiqa asarining obrazlar soni va shakliga qarab asta-sekin murakkablashib borishi. Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali aytish, o’yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi.


Shunday yo’nalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi. So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish musiqa rahbarining mohir rahbarligi ostida asta – sekin badiiy – musiqaviy didni paydo qiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
http://fayllar.org
Download 3.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling