1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
1- MAVZU: PSIXOLOGIYA TARIXI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI REJA: 1.Psixologiya tarixi fanining predmeti 2.Psixologiya tarixi fanining vazifalari 3.Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi Tayanch so‘z va iboralar: materializm, antikvarizm, prezentizm, determinizm, idealizm, tendensiya, bixeviorizm, internalistik, eksternalistik ijtimoiy omillar, kategorial yondashish. Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Ushbu fan insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalar haqidagi bilimlarning asta-sekin to‘planib borish tarixidir. Shuningdek, insonning o‘zi haqidagi bilimlari yig‘ilib, hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o‘rganishga bo‘lgan intilish kishilik hayotini turli xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan bog‘langanligi, psixik rivojlanishining ba’zi qonuniyatlarini qanday ochilganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Psixologiya tarixi fan sifatida hayotning turli bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yagona bo‘lgan psixologiya sohasi qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar tizimi darajasiga ko‘tarilganligiga doir ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, psixologiya tarixi psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlash va yaratishda katta o‘rin tutadi. Psixologiyaning butun rivojlanish tarixi davomida idealizm va materializm o‘rtasida kurash ro‘y berganligini bilan izohlanadi. Bu kurash psixologiya fanining mohiyatini, insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o‘zaro munosabatlarini hamda psixologiyaning predmetini turlicha talqin qilishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot qonuniyatlari shundayligicha qolaveradi. Hozirgi kunimizni o‘tmish bilan bog‘lashimiz kerak, chunki o‘tmishsiz kelajakni o‘zi bo‘lmaydi. Umumiy psixologiya fanining predmeti va metodlaridan farqli ravishda, psixologiya tarixi psixik voqelikni emas, uning rivojlanish tarixi haqidagi fikrlar turli davrlarda kim tomonidan qanday g‘oyalar ilgari surilganini o‘rganadi. Psixologik fikrlar o‘z tarixiga ega. Bu fanning vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini tahlil qilish hamda psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida fanining predmeti bo‘lgan, avval ruh, keyin ong, keyin xulq-atvor sifatida o‘rganishdir. Hozirgi bosqichida psixologiya tarixining, avvalgi davrlarda kiritilmagan psixika va xulq-atvor (faoliyat) birligi tamoyili yana qaytadan tiklandi. Umuman psixologiyada fikrlar taraqqiyoti hech qachon bir tekisda kechmagan. Ba’zi davrlarda u zigzaglar bilan tavsiflangan bo‘lsa, ba’zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qolgan. Har bir bosqich o‘z yutuq va kamchiliklariga ega bo‘lgan. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling