1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Budda Shakya Muni  (miloddan avvalgi 556 – 476 yillar).Budda dunyoda 
eng keng tarqalgan dinlardan biri – buddizmning asoschisidir. U Hindistondagi
Shakya qabilasi hukmdorining o‘g‘li bo‘lgan. Budda Himolay tog‘ining etagida 
dunyoga kelgan. Uning asl ismi – Gautama bo‘lgan. Shakya Muni uning laqabi 
bo‘lib, “shakya qabilasining zohidi” degan ma’noni bildiradi. 
Gautama muhtasham saroyda, gullar va dur javohirlar ichida yashagan. 
Shuning uchun u hayot hamma yerda go‘zal va zavqli degan xulosaga kelgan. 
Biroq bir kuni og‘zida bitta ham tishi yo‘q, qartayib qolgan qariyani 
uchratgach, keksalik muqarrar ekanini tushunadi. Bemor odamni uchratib, 
salomatlik omonatligini angladi va o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshladi. Shu tariqa 
zohidlikni ixtiyor qiladi. Yetti yil tarki dunyochilikda, ochlik va sargardonlikda 
yashaydi. Kunlardan bir kuni u katta daraxt ostida chordona qurib chuqur o‘yga 
tolgancha o‘tirganda mo‘jiza yuz berib, ongi tiniqlashadi va donishmandlik sari yuz 
tutadi. Shu paytdan boshlab uni Budda deb atashadi. Budda Gang daryosi bo‘yidagi
Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari bo‘yicha dars bergan. 
Budda Shakya Muni shunday degandi: “Inson hayoti azob uqubatlardan 
iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish o‘zgalarning haqiga 
xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish orqali uni yengillatish mumkin. 
Shuningdek, inson behuda yugur – yugurlardan, mol dunyo orttirish havasi va 
haddan ziyoda huzur - halovat istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir 
boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta - qayta 
kelish azobidan xalos bo‘ladilar”.
Budda ta’limoti ayni bir vaqtning o‘zida ham qiyin, ham teran. Biz bu o‘rinda 
faqat uning “to‘rtta yaxshi haqiqat” degan nom bilan tanilgan asosiy qoidalarini 
sxematik tarzda tavsiflab berishimiz mumkin. 


1) 
Dunyo azob uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish azob, qarilik azob
kasallik azob va o‘lim azob. O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish 
azob, sevimli kishidan judo bo‘lish azob, xohlagan narsani qondirish uchun 
behuda kurash azob. Aslida xohish istaklar va ehtiroslardan bo‘lmagan hayot har 
doim azob keltiradi. Bu azob haqidagi haqiqat deyiladi. 
2) 
Inson azoblarining sababi shubhasiz jismoniy mavjud bo‘lish ishtiyoqida 
va dunyoviy ehtiroslarning xomxayolligidadir. Agar bunday ehtiroslar va 
xomxayollarning kelib chiqishini kuzatilsa, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ular 
hamma narsani yutib yuboradigan, instinktli tarzda kelib chiqadigan hoxish 
istaklarga asoslanadi. Masalan: yashashga nisbatan kuchli irodaga asoslanadigan 
hoxish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bo‘lib chiqsada, o‘zi 
hoxlagan narsani izlaydi. Bu azoblarning sababi to‘g‘risidagi haqiqat deb ataladi. 
3) 
Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf 
etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga 
yetadi. Bu azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqat, deb ataladi. 
4) 
Xohish istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga erishish uchun 
muayyan yo‘lga amal qilish lozim. Bunday saxovatli eski yo‘lning bosqichlari 
quyidagilardir: to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri nutq, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, 
to‘g‘ri turmush tarzi, to‘g‘ri kuch-g‘ayrat, fikrning to‘g‘ri yo‘nalishi va diqqat- 
e’tiborni to‘g‘ri qaratish. Bu azoblarning sababidan xalos bo‘lishning saxovatli 
yo‘li haqidagi haqiqatdir. 
Keyinchalik paydo bo‘lgan 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling