1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa 
maktablari ham ruhni o‘rganishga metofizik etnik tomondan yondoshdilar. 
Vedantada Upanishadagi idealistik g‘oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va 
Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko‘ra ruh doim tananing intilishlari va 
hissiy kechinmalari ortida yashiringan bo‘ladi. Qa’tiy intizom orqali ruh ulardan 
xalos bo‘lib, abadiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta’limotida esa haqiqiy 
yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan tomonlarni 
bartaraf qilish kerak bo‘ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni: 
avval tana xarakatlarini (nafas olish gavda harakatlari (keyin psixik aktlar) diqqat, 


tafakkurni boshqarish uslublarini ishlab chiqqan. Yogalar tomonidan ishlab 
chiqilgan sezgi chegaralarida narsalarni idrok etish, ko‘rish gallyusinatsiya, idrok 
illyuziyasi hindlarning psixologik ta’limotida katta o‘rin egalladi. 
Hind adabiyotida qadimdan idrokning 2 xil: noaniq (nirvikalka) va aniq 
(sarvikalka) shakli farqlangan. Noaniq idrok sensor, narsa va hodisaning sezgi 
a’zosi bilan aloqaga kirishi orqali idrok qilinishi. Vedanta maktabining 
namoyondlari noaniq hech qanday individualligi ham, umumiyligi ham bo‘lmagan 
hissiy kechinmalar yig‘indisidir, deb ta’kidlaydilar. Aniq idrok bo‘lingan nutq 
tuzilishida namoyon bo‘luvchi idrok bo‘lib, buddistlarning ta’kidlashicha, u idrok 
emas, chunki unga aql ta’sir etadi. Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi uchun 
idrok etilayotgan obrazni xiralashtiradi. Mimansa maktabining tarafdorlari 
vedantistlarni ham buddistlarni ham, tanqid qilgan holda noaniq idrok ikki belgiga 
- umumiy va spesifik belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Umumiy belgi 
ko‘pchilik individual ob’ektlarga taalluqli bo‘lsa, spesifik idrok faqat berilgan 
ob’ektlarga tegishlidir. Noaniq idrok qilinishi mumkin emas, chunki buning uchun 
uning boshqalaridan ajratishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu ob’ekt umumiy belgi 
sifatida ham idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan 
birlashtirilishi kerak. Bunga esa faqat nutq hisobidan erishish mumkin. Chunki 
nutq narsalarga xos belgilarni ajratishi ham birlashtirishi ham mumkin degan 
xulosaga keldilar. Buni maktab namoyondalari “Reallik” va “Illyuziya” deb atardi. 
“Reallik” va “Illyuziya”ni Mimansa maktabining faylasufi Bxata organ va tashqi 
ob’ekt o‘rtasidagi munosabat bilan belgilaydi. Agar bu munosabat qandaydir sabab 
bilan buzilsa, idrok illyuzior bo‘lib qoladi. Buning sababi sifatida Bxata: periferik 
(sezgi a’zosidagi) va markaziy (manas) qismdagi buzilishni ko‘rsatadi. 
Gallyusinatsiya ham xuddi shunday paydo bo‘ladi. Tush ko‘rish ham 
gallyusinatsiyaning bir turidir.
Psixik hayot davomida o‘tish davri muammosi g‘arbiy yevropa faylasuflarini 
ko‘proq qiziqtirdi. Hech kimni hindlar kabi “men” muammosi bunchalik ko‘p 
o‘ylantirmagan. Masalan, lakata ma’lumotida umuman “men” muammosi inkor 
qilinadi. Ular shunga asoslanadiki, sezgi a’zolarimiz bizga “men” haqida hech 


narsani ma’lum qilmaydi. Xulosa chiqarish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar esa 
noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. 
Qadimgi Xitoy tibbiy manbalari (er. av. VIII asrga oid “Ichki olam haqidagi 
kitoblar”)dan ma’lum bo‘lishicha, bosh organ “tana knyazi” bu yuksak bo‘lib, 
hayotiy jarayonlar asosan havosimon si elementi bilan bog‘liq. Tanadagi boshqa 
elementlar bilan aralashib, si fiziologik jarayonlarni va psixik fe’lni bajaradi deb 
hisoblangan. “Yurak fikrni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi, jigar esa 
hissiyotlarimiz asosidir” deb ta’kidlaydi, qadimgi Xitoy tabiblari. Tabiblar o‘sha 
davrdayoq temperament haqidagi dastlabki g‘oyani ilgari suradilar. Bu ma’lumotga 
ko‘ra temperament 3 ta element: Havosimon si elementi, qon va balg‘amning 
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
1. Agar qon ko‘p bo‘lsa: odam kuchli yo‘lbarsdek jasur bo‘ladi. 
2. Agar si elementi ko‘p bo‘lsa: odam maymun kabi beqaror, harakatchan 
bo‘ladi. 
3. Agar shilimshiq modda ko‘p bo‘lsa, odam kamharakat sust bo‘ladi. 
Xuddi Hindistonda bo‘lgani kabi er. av. I-ming yillikning o‘rtalarida paydo 
bo‘lgan Xitoy falsafasi maktablari o‘zining etnik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. 
Shunday maktabning eng yirigi Lao-Szi asos solgan maktab hisoblangan. 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling