Norbekova Anora Oʻta 405 26-amaliy mashgʻulot. Mavzu. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida
Download 20.82 Kb.
|
Norbekova A. Adabiyot nazariyasi. 26-mashgʻulot.
Norbekova Anora OʻTA 405 26-amaliy mashgʻulot. Mavzu. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida. Nazar Eshonqul ijodi haqida. Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986). Dastlabki asari — “Urush odamlari” (1988). Shundan soʻng yozuvchining “Momo qoʻshiq”, “Shamolni tutib boʻlmaydi” (2004), kabi asarlari nashr etilgan. Onettining “Hikoyalar va qissalar”ini, Albert Kamyuning “Esselar”ini, Chexovning “Boloxonali uy” hikoyasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Adib dastlab ijodini bosiq-vazmin, keng qamrovli uslubda boshlagan boʻlsa, koʻp oʻtmay yozuvchilarimizdan hech qolishmaydigan, hech kimnikiga oʻxshamaydigan yangicha bir yoʻnalish, yangicha bir yoʻlga oʻtdi. Bizga ma’lumki, xarakterlar badiiy asarda oʻta muhim ma’no kasb etadi. “Xarakter (yun. charakter – belgi, xususiyat) ma’lum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter L.Ch.Timofeyev aytganidek, obrazning yadrosi. Xarakter birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda oʻz individual xatti-harakatlari, ruhiy kechinmalari bilan namoyon boʻladigan insonning aniq tasviri”. Boshqacharoq aytganda, qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi. Nazar Eshonqul hikoyalarida ham xarakterning oʻziga xos turlarini koʻrish mumkin. Nazar Eshonqul hikoyalarida inson qadr-qimmatini ulugʻlash, insonparvarlik va adolatparvarlik va xalqlar doʻstligi, insonlarning jamiyatda tutgan oʻrni kabi gʻoyalar olgʻa surilgan. Nazar Eshonqul ijodida xarakterlar oʻrtasidagi munosabatlar hikoyadagi asosiy muammoning yechilishida yoki bosh qahramon xarakter-xususiyati shakllanishida muhim oʻrin tutadi. “Boʻlmaganni xuddi boʻlgandek tasvirlash, fikrni uqtirmagan, ta’kidlamagan holda oʻquvchining oʻzida uygʻotish, bilganini bilmaganlikka olish orqali oʻquvchini bilishga undash, ifoda etilayotgan ma’noga muvoziq boshqa ma’no koʻchimlarini yuklash, taassurotga oʻzi uygʻonadigan fikrlarni singdirishga asoslangan tamsil yoʻnalishi Nazarning “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib boʻlmaydi”, “Tobut”, “Xaroba shahar surati” kabi hikoyalari, “Yalpiz hidi” turkumida oydinlashadi. Nazar Eshonqul nafaqat qissalari bilan, balki hikoyalari bilan ham kitobxon va adabiyot ahliga yaxshi tanishdir. Uning, ayniqsa, barchaning e’tiborini tortgan hikoyalaridan “Shamolni tutib boʻlmaydi” va “Maymun yetaklagan odam” hikoyalari barchaga manzurdir. Asarlarida qahramonlarning qalbi, ichki dunyosi, ruhiy olamini ramz va metafora orqali betakror chizgilarda aks ettiradi. Xuddi mana shu yoʻnalish bilan u adabiyotimizning sahnasida oʻz oʻrnini topdi. Hozir uning asarlari kitobxonlarning oʻqimishli kitoblaridir. Chunki, Nazar Eshonqulning hikoyalarida qahramonlar masalasi muallif uchun bosh muammo sanaladi. Asarni esa qahramonlarsiz va ularning ruhiy olamisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Aynan mana shu jihat bilan uning ijodi ahamiyatlidir. Download 20.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling