1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan)-289 yillar)
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Syun – szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)
Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan)-289 yillar)
“Men Koinot fuqarolaridanman”, degan ekan Men-szi. U Xitoyning hozirgi Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o‘sdi. Men-szi Konfutsiyning nevarasi szi Si qo‘lida tahsil olgan. Bu faylasuf mamlakatni muvaffaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan. O‘zining ana shu g‘oyalarini amalga tatbiq etish niyatida u hukumat tizimiga ishga kirish uchun Xitoyning turli xonliklarini kezib, qisqa muddat si xonligida maslahatchi bo‘lib ishlagan. Insonparvarlikka tayangan holda davlatni boshqarish g‘oyalarini hayotga tadbiq etish yo‘lidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-szi vatani Luga qaytadi va g‘oyaviy qarashlarini o‘zi tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari orqali targ‘ib va tashviq qiladi. Men-szining asosiy asari “Men-szi” deb ataladi. Lyudvig Feyerbax: “Men-szi Xitoyning Konfuysiydan keyingi eng buyuk faylasufidir”, - deb yozgandi. Konfutsiy kabi u ham inson tug‘ma ravishda yaxshi bo‘ladi va bunday yaxshilik tarbiya yo‘li bilan rivojlantirilishi mumkin, deb hisoblagan. U ham o‘z davridagi ko‘plab xitoylik faylasuflarga o‘xshab o‘z umrini turli imperatorlik saroylarida o‘tkazgan va shahzodalarga ikkita eng muhim saxovat insonparvarlik va adolatdan ta’lim bergan. Lekin Konfutsiyda yana bir oqim Syun-szi asos solgan oqim paydo bo‘ldi. Syun – szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar) Qadimiy Xitoy faylasufi Syun szi Chjao hoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 266 yilda Chjaoni tark etib, sinn saltanatiga jo‘nadi va bu yerda hoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi. Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf si hoqonligiga kelib, “Szisya” akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi. O‘ta mustaqilikka va fikrlarini ochiq oydin aytishga odatlangani bois Syun-szi 255 yilda tuhmatga uchraydi. Natijada si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Syun-szi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu hoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi. Miloddan avvalgi 238 yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-shen viloyatining hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-szi noiloj davlat xizmatidan ketadi. U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda “ Syun-szi” deb nomlangan asarini yozishga kirishadi. Hukmdorlar-u vazirlar bilan dadil muloqatda bo‘lib, o‘z fikrini tap tortmay ayta olgan Syun-szi hayotini qashshoqlik va faqirlikda o‘tkazadi. Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi. Uning fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra badjahl bo‘lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir. Axir bunday bo‘lmaganda insonni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku! Axir o‘zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Syun-szi tomonidan, “Inson xarakteri kulol loydan yasagan ko‘zaga o‘xshaydi” deb ta’kidlanadi, Syun-szining g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan shogirdlaridan biri Xan Feydir. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling