1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
hatti-harakat, amalni anglatadi. Karmacha
fikrlash uslubi deb ataladigan uslub ayni bir vaqtda falsafaning axloqiy va metafizik mezonlarini ochib beradi, ular hozirgi G‘arb falsafasida odatda bir- biridan ajratib qo‘yilgan. Bu karmaning reinkarnatsiyaga, qayta tug‘ilishga ishonch va axloqiy sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir kishi o‘zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu yerda yana keyingi xayotda yaxshiroq holatga erishish imkoniyati ham mavjud. Boshqacha aytganda, saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka, gunohkor odamga esa – yomonlikka tomon istiqbollar ochiladi. Dunyodagi barcha nomukamalliklar va azob-uqubatlar odamning o‘z hatti-harakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik odam uchun yaxshi va yomon bo‘lib hisoblanadigan narsani jiddiy darajada taqdim etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish xuquqini o‘zlarining bundan oldingi hayotida “ishlab topgan”. Karma haqidagi tasavvur yevropacha tafakkurga butunlay yot emas. U jumladan, “har bir kishi o‘z baxtining yaratuvchisidir” va “nima eksang, shuni o‘rasan” kabi maqollarda ifodalangan. Biroq yevropacha tafakkurda, hindlarnikidan farqli ravishda, axloqiy sabablilik reinkarnatsiya bilan bog‘lanmaydi. Reinkarnatsiya g‘oyasi – bu spesifik hindcha fenomendir. Shunday qilib, hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar “aylanish”ga kiritilgan. Reinkarnatsiya to‘g‘risidagi ta’limotning G‘arbdagi ko‘pgina talqinlari, ayniqsa, yangi davrga oidlari uni individning ko‘plab hayotlari yoki hatto uning abadiy hayoti haqidagi g‘oyaning ifodasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Masalan, Nisshening hind falsafasi kayfiyatlari bilan sug‘orilgan hamma narsalarning “abadiy takrorlanishi” to‘g‘risidagi nazariyasi borliqni xristiancha tushunishga pozitiv muqobillik sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ehtimol, reinkarnatsiya g‘oyasini u o‘lim oldidagi qo‘rquvni bartaraf etishi va bizga takror va takror yangicha yashash, ya’ni amalda cheksiz sonli umrlarni yashash imkoniyatini berishi uchun ham ijobiy baholasa kerak. Biroq bunday mulohazalar shaxsni karmaga oid shakl o‘zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan hindcha dunyoqarashga unchalik muvofiq kelmaydi. Darhaqiqat, hatti - harakatlar (shu jumladan, nutq va tafakkur), xohish – istaklar va ehtiroslar muammosi hind falsafasi uchun asosiy muammolar bo‘lib hisoblanadi. Reinkarnatsiya haqidagi ta’limotning ta’kidlashicha, bizning navbatdagi hayotdagi mavjud bo‘lish shaklimiz bu hayotdagi orzularimiz va ehtiroslarimizni aks ettiradi. Buni o‘z yo‘lida uchraydigan xamma narsani yeb, hazm qilib yuboradigan kapalak qurti bilan qiyoslash o‘rinli bo‘lishi mumkin. Kapalak qurtiniki kabi xoxish istaklarga ega bo‘lgan kishi navbatdagi hayotida unga aylanadi. Kapalak qurti G‘arb mentalitetining tobora ko‘proq va beto‘xtov iste’molga nisbatan to‘yim bilmas ehtiros bilan ifodalanadigan xususiyatining obrazi bo‘ladi. Shu sababli kapalak qurtiga aylanmaslik uchun unga xos bo‘lgan hatti-harakatlar va xohish-istaklardan yiroq bo‘lish kerak. Xohish-istaklardan qanday qilib xalos bo‘lish va karmani nazorat qilish mumkin? Hind falsafasining g‘oyat muhim manbai hisoblanadigan Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling