1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Materializm
Sharq mamlakatlarida ilk
psixologik fikrlarning paydo bo‘lishi. Psixologiya termini XVI asrda paydo bo‘lib, XVIII asr o‘rtalaridan keng doirada qo‘llanila boshlandi. XIX asrdan psixologiya fani mustaqil fan sifatida shakllandi. Biroq insoniyat psixikasini (ruxiyatini) o‘rganishga juda qadim davrlardanoq qiziqib kelishgan. Qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr kabi mamlakatlarda ruhiy holat haqidagi ilk fikrlar ilgari surilgan, lekin psixika haqidagi ta’limot falsafa fani doirasida uning bir qismi sifatida o‘rganilgan. Psixologiya tarixida ham falsafa tarixida bo‘lgani kabi asosan ikki oqim o‘rtasida kurash kechgan. Ular: 1. Idealizm (fr. idealisme– idealizm) falsafaning bosh masalasida – ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama-qarshi o‘laroq ong, ruh, birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunchalarning mahsulidir deb da’vo qiluvchi g‘ayri ilmiy falsafiy oqim. Idealistlar materialistlarga qarama-qarshi o‘laroq, psixika tana bilan yashirin yo‘sinda birlashgan, inson o‘lgach, tanani tashlab “narigi dunyoga”, g‘oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo‘lmagan qandaydir ilohiy substansiya yoki mohiyatning namoyon bo‘lishidir deb tushunadilar. Idealistik oqim namoyondalari psixika tana hayotiga bog‘liq bo‘lmagan qandaydir ruhiy substansiya jondan iborat deydilar. Bunday qarash falsafaning antik taraqqiyotida Platon idealizmida yorqin namoyon bo‘ldi. 2. Materializm (lot.materialis– moddiy) materializm falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi o‘laroq, birdan bir ilmiy, tarixan rivojlangan dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm, dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to‘liq bilish mumkin, deb ta’lim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Hindiston, Xitoy va Gresiyada paydo bo‘lgan. Eramizdan avvalgi bir necha ming yillar ilgari Sharqda qadim sivilizatsiyalar – Misr, Hindiston Xitoy sivilizatsiyasi tarkib topgan. Ulardagi g‘oyalar asosida zamonaviy fanlar rivojlanadi. Materialistik oqim tarafdorlari psixikani tabiiy materialistik nuqtai nazardan tushuntirishga harakat qildilar. Xususan qadimgi Yunon mutafakkir materialistlari barcha mavjud narsalarni jumladan, psixikani yagona moddiy asoslardan: - Suv (Fales) - Havo (Anaksimen) - Olov (Geraklit) - Atomlar yig‘indisi (Demokrit, Epikur) kelib chiqqan deb asoslashga urindilar. Miloddan avvalgi bir necha ming yillikning o‘rtalarida Hindiston va Xitoyda II-ming yillikda paydo bo‘lgan. Vedalar eng qadimgi ariylik dunyoqarashini ifodalardi. Grek, skandinaviya va slavyan afsonalarida bo‘lgani singari unda ham xudolar ko‘pincha tabiiy kuchlarga qiyos qilinardi. Bunday dunyoqarash Koinot bilan Tartibsizlik (Xaos) o‘rtasidagi azaliy kurash bilan tavsiflanardi. Bu jangda xudolarning uzil-kesil va abadiy g‘alaba qilishi kafolatlanmaydi. Tartibsizlikka qarshi kurashda xudolar odamlarning yordamiga muhtoj bo‘lgan. Qurbonliklar va to‘g‘ri bajariladigan marosimlar koinotdagi tartibni tutib turishga katta hissa qo‘shib turadi. Vedalar bilan tanishishda muayyan afsonaviy olamga g‘arq bo‘lamiz. Agar biz hind ma’naviy hayotida Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling