1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

afsonadan logosga o‘tish haqida 
gapirsak edi, unda uni matnlarning yangi va ancha tushunarli guruhlari (miloddan 
ilgargi 800-300 yillar) bo‘lgan 
Upanishadlarga tegishli deyish mumkin bo‘lardi. 
Upanishadlar veda dunyoqarashining tanqidiy jihatdan idrok etilishidir. Ehtimol, 
ular ariy madaniyatining ayrim jihatlariga nisbatan norozilikni ifodalar. Eng yangi 
tadqiqotlar ularda 
noariy tendensiyalarning ta’sirini topmoqda. Biroq, bu 
murakkab masala din tarixchilari ixtiyorida qoldirilishi kerak. Lekin, baribir 
Upanishadlarga dalil asoslar muvofiq keladi. Bu narsa mazlumlarning o‘z ovozini 
chiqarish usulini topganligini anglatadimi? Biz buni bilmaymiz va faqat taxminlar 
bilan cheklanishimizga to‘g‘ri keladi.
“Upanishada” atamasi donishmandning o‘z shogirdlariga ta’lim berishi 
jarayonini anglatadi. Vaqt o‘tishi bilan bu atama shu jarayonda beriladigan 


mazmunni ifodalaydigan falsafiy matnni ham ifodalaydigan bo‘ldi. Shunday qilib, 
muayyan ma’noda Upanishadlarni Platonning dialoglari bilan o‘xshatish mumkin.
Upanishadlarning markaziy mavzularidan biri tug‘ilish va o‘limning abadiy 
“almashinuvi” g‘oyasidir. Bunday g‘oya tirik mavjudotlarning o‘limidan keyin 
yana qayta tirilishini nazarda tutadigan ular ruhlarning ko‘chib yurishi 
(reinkarnatsiya) haqidagi ta’limotga asos qilib olingan. Tug‘ilish bilan o‘lim 
o‘rtasidagi abadiy qayta tiklanib turadigan sikl sansara deyiladi. Aynan ana 
shunday siklda insonning eng teran “mohiyati” (atman) takror va takror qayta 
tiklanaveradi.
Sharqshunoslik adabiyotlarida nimani 
atman deb tushunish masalasi 
xususida munozara ko‘pdan beri davom etib keladi. Upanishadlarning ayrimlarida, 
aftidan, atman o‘zgarmas va substansial narsa hisoblanadi va idrok etuvchi “men” 
yoki “ego”dan farq qiladi.
Upanishadlarning boshqa bir muhim qoidasi 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling