1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

atman bilan braxmanning bir-
biriga tenglashtirilishidir. “Braxman” so‘zining adekvat tarjimasini topish qiyin. Bu 
holda 
atman bilan braxmanning bir-biriga tenglashtirilishi atman absalyut yoki 
ilohiyot bilan teng deyish mumkin. Bunga o‘xshash qarashlar odam (yoki uning 
ruhi) Xudo bilan ayni bir narsa bo‘la oladigan g‘arb mistitsizmida ham mavjud. 
Bunday birlik hind falsafasi va G‘arb mistitsizmi targ‘ib qiladigan zohidona 
turmush tarzini nazarda tutadi. 
Upanishada faylasuflari, shu tariqa olamdan teskari o‘girilib olishdi. Ularning 
maqsadi zohidlarcha 
dunyodan qochish edi. Ularning e’tiqodicha, matndami yoki 
tabiatdami bo‘lishidan qa’tiy nazar “tashqari”da emas, u sening ichingda. Sen 
“o‘z-o‘zingni topish”ni o‘rganishing kerak. Mistitsizm haqida ko‘p narsani o‘qib 
olish mumkin, lekin bu mistik bilishni anglatmaydi. U faqat sen tomoningdan va 
o‘zingning shaxsiy sa’y-harakatlaring yordamida ishlab chiqiladi. Hindistonda 
bunga o‘xshash mistik donishmandlik kohinlar tabaqasiga, haqiqiy “braxman”larga 
xos deb hisoblanardi.
Atman bilan braxman to‘g‘risidagi tezis atman absolyutga tengdir, deb 
talqin etilishi mumkin. Faqat ana shunday sharoitda individ o‘limdan keyingi yangi 


qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi. Hind falsafasiga binoan odam sansaradan, 
hayotlar va o‘limlar “xorovodi”dan xalos bo‘lishi lozim. Butun hind falsafasi 
mujassamlashishlarning abadiy siklidan xalos bo‘lish (moksha) yo‘lini izlaydi. 
Bunday qoida nafaqat Upanishadlarda, shu bilan birga buddizm falsafasida ham 
yetakchi o‘rin tutadi. 
Hind falsafasining bu sikldan xalos bo‘lishga nima uchun bunchalik alohida 
e’tibor qaratganligini qisqacha ko‘rib, chiqamiz. Shubhasiz, bu unga xos bo‘lgan, 
karma haqidagi ta’limotda ifodalangan faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq edi. Unga 
ko‘ra, bizning hatti-harakatlarimiz navbatdagi hayotda “braxman” yoki kaltakesak 
bo‘lib qayta tug‘ilishimizni belgilab beradi – bu million-million imkoniyat ichidan 
bizning peshonamizga bitishi mumkin bo‘lgan atigi ikkitagina taqdirdir.
Karma ko‘pincha butun hind falsafasining o‘zagi bo‘lgan asosiy tushuncha 
sifatida ko‘rib chiqiladi. Karma 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling