Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar


Download 399.45 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2022
Hajmi399.45 Kb.
#1071891
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

STATIKA

Reja :

1. Boshlang'ich tushunchalar

2. Statikaning aksiomalari

3. Statikaning asosiy vazifalari. Jismlarning muvozanatda bo’lish sharti



Statika - kuchlar ta’siri ostida turgan jismning muvozonat shartlarini yoki jism muvozonatda bo'lishi uchun qanday shartlar bajarilish kerakligini o'rganuvchi mexanikaning bir bo'limidir. Statikada kuchlar ta’siri ostida turgan jism absalyut qattiq jism deb olinadi, ya’ni kular ta’sirida jism hech qanday deformatsiya va shakl o'zgarishlarga uchramaydi, jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa o'zgarmas saqlanadi. Shuningdek statikada kuchlar sistemasini unga ekvivalent bo'lgan sistema bilan almashtirish yoki bitta teng ta’sir etuvchiga keltirish, kuchlardan proyeksiya va moment olish, bog'langan jismlarni tayanchlardan ozod etish va tayanchlaridagi reaksiya kuchlarini topish, mexanikaning oltin qoidasi va unga doir masalalar, jismlaming og'irlik markazlarini aniqlash va hokoza masalalar ko'riladi.


Boshlang'ich tushunchalar. Statika


Kuchlar ta’sirida hech qanday deformatsiya va shakl o'zgarishlar bo'lmaydigan jism absalyut qattiq jism deyiladi. Statika masalalarini ishlaganda jismni absalyut qattiq jism deb qaraladi. Ya’ni kuchlar ta’siri ostida turgan jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa o'zgarmasdan qoladigan jism absalyut qattiq jismdir. Statikaning asosiy vazifalari.
Statikaning asosiy tushunchasi kuchdir. Ikki yoki undan ortiq jismlaming ta’sirini miqdoriy baholovchi kattalik kuch deyiladi. Kuchning jismga ta’siri kuchning miqdori, kuchning ta’sir yo'nalishi va kuchning qo'yilish nuqtasi bilan baholanadi. Kuchning miqdori kuch birligi uchun qa’bul qilingan biror kattalik bilan aniqlanadi. Kuch jismning qaysi nuqtasiga qo'yilsa, shu nuqta kuchning qo'yilish nuqtasi deyiladi.
Kuch vektor kattalik bo'lib, yo'nalish va miqdorga ega. (1-rasm)da kuch jismning A nuqtasiga qo'yilgan bo'lib, V nuqta tomonga yo'nalgan. A B vektoming uzunligi F kuchning miqdorini bildiradi.
│F │= │A B │ . Kuch vektori bo'yicha o'tkazilgan to'g'ri chiziq kuchning ta’sir chizig'i deyiladi. Rasmda CD chiziq kuchning ta’sir chizig'idir. Kuchlar lotin
alifbosidagi bosh harflar bilan belgilanadi. (1-rasm)

Jismga bir necha F1,F2,F3,F4, .....,Fn kuchlar ta’sir etsa, bu kuchlar to'plami kuchlar sistemasi deyiladi va (F1,F2,F3,F4, .....,Fn) tarzda belgilanadi.


Agar (F1,F2,F3,F4 , .....,Fn) va (Q1. Q2 Q3 Q4 ......Qk) kuchlar sistemalarining har biri jismga bir xil ta’sir ko'rsatsa, bu kuchlar sistemalari o'zaro ekvivalent kuchlar sistemasi deyiladi va quyidagicha yoziladi.

Download 399.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling