Aksioma: (ikki kuch muvozonati haqidagi aksioma) Jism ikki kuch ta’siri ta’sirida muvozonatda bo'lishi uchun bu kuchlar miqdor jihatidan teng, bir to'g'ri chiziq bo'ylab qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'lishi kerak. (1-rasm)
1-rasm
Aksioma: (muvozonatlashgan kuchlarni qo'shish yoki ayirish haqidagi aksioma)
Jismga qo'yilgan kuchlar sistemasiga muvozonatlashgan kuchlar
sistemasini qo'shish yoki ayirish bilan hosil qilingan kuchlar sistemasi berilgan kuchlar sistemasiga ekvivalent bo'ladi.
(F1,F2,F3,F4 , .....,Fn) – berilgan kuchlar sistemasi
(Q1,Q2,Q3,Q4 , .....,Qk ) € 0 – nolga ekvivalent kuchlar sistemasi bo’lsa,
(F1,F2,F3,F4 , .....,Fn) € (F1,F2,F3,F4 , .....,Fn, Q1,Q2,Q3,Q4 , .....,Qk) bo’ladi.
1- va 2- aksiomalardan quyidagi natija kelib chiqadi:
1-natija: Kuchning miqdori va yo'nalishini o'zgartirmay uni ta’sir chiziq bo'ylab jismning ixtiyoriy nuqtasiga ko'chirish bilan kuchning jismga ta’siri o'zgarmaydi.
Isboti: Jismning A nuqtasiga F kuch ta’sir qilayotgan bo'lsin. Shu kuchni ta’sir chiziq bo'ylab В nuqtaga ko'chirish talab qilingan. В nuqtaga
ya’ni miqdorlari berilgan kuchga teng va nolga ekvivalent kuch qo'yamiz. Bu yerda (F 1, F) € 0 ya’ni muvozonatlashgan sistemani tashkil qiladi. Shuning uchun bu kuchlar sistemasini olib tashlasak ham hech narsa o'zgannaydi. Natijada nuqtada F2 kuchqoladi.
F € (F, F1, F2,)€((F,F),F2) € F2 1-natija isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |