Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar
Kuchning aylantiruvchi ta’siri. Kuch momenti. Kuch yelkasi
Download 399.45 Kb.
|
Kuchning aylantiruvchi ta’siri. Kuch momenti. Kuch yelkasi.Jismga ta’sir qilayotgan kuchning aylantiruvchi ta’sirini kattalik jihatdan tavsiflash uchun kuch momenti (M) deb ataluvchi fizik kattalik qabul qilingan.Agar F kuchning momentini M harfi bilan, aylanish o’qidan kuchning ta’- sir chizig’igacha bo’lgan eng qisqa masofa(yoki aylanish o’qidan kuchning ta’sir F chizig’iga tushirilgan perpendikulyar)ni d harfi bilan belgilasak, u holda O F В d А kuchning momenti quyidagicha aniqlanadi: M=Fd (2) rasm bunda d - kuch yelkasi deb ataladi. Kuch momenti vektor kattalik bo’lib, uning XBS dagi o’lchov birligi sifatida Nm qabul qilingan. Lekin kuch momentining F birligi, ya’ni 1Nm ni J (Joul) deb atash qabul qilinmagan. kuchning ta’sir chizi- g’i AB punktir chizig’i bilan tasvirlangan (52-rasm). Jism o’z-o’zidan aylanma harakatga kelmaydi. Uni aylanma harakatga keltirish uchun, unga kuch biror kuch ta’sir qilishi kerak. Agar jismga ta’sir qilayotgan kuchning ta’sir chizig’i aylanish o’qidan o’tmasa bu kuch jismni aylanma harakatga keltiradi, agar jismga ta’sir qilayotgan kuchning ta’sir chizig’i aylanish o’qidan o’tsa, u holda bu kuch jismni aylantira olmaydi. Aylanish o’qiga ega bo’lgan jism muvozanatda bo’lishi uchun unga ta’sir etuvchi kuchlar momentlarining vektor yig’indisi nolga teng bo’lishi kerak, ya’ni: M1 M 2 M 3 ... 0 (3) Bu xulosaga momentlar qoidasi deb yuritiladi. Jismni soat strelkasi yo’- nalishida aylantiruvchi kuch momentlarining ishorasi musbat deb, soat strelkasiga teskari aylantiruvchi kuch momentlarining ishorasi manfiy deb qabul qilingan. va F2 F1 Xususiy holda aylanish o’qiga ega bo’lgan jismga kuchlar ta’sir etayotgan bo’lsin (53-rasm). d1 О d2 Bu kuchlarning yelkalari mos ravishda d1 va d2 bo’lsa, ularning momentlari mos ravishda M1=F1d1, M2=F2d2 ga teng bo’ladi. kuchning M1 momenti jismni soat F1 F2 F1 F2 strelkasiga teskari yo’nalishda, kuchning M2 momenti rasm jismni soat strelkasi yo’nalishda aylantiradi. Jism muvozanat vaziyatida bo’lishi uchun (3) ifodaga ko’ra bu kuchlar momentlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi kerak, ya’ni: M1 + M2 = 0 yoki F1d1=F2d2. (4) Bu ifodaga ko’ra modullari teng bo’lgan momentlarni katta kuch va kichik yelka hamda kichik yelka katta kuch yordamida hosil qilish mumkin. Kuch momentining bu xususiyati yelkalari teng bo’lmagan shayinli tarozilarda keng foydalaniladi. Aylanish o’qiga ega bo’lgan har qanday qattiq jism richag deyiladi. Richagning va Download 399.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling