(F1,F2,F3,F4 , .....,Fn) € (Q1. Q2 Q3 Q4 Qk)
Agar kuchlar sistemasi bitta kuchga ekvivaleni boisa, bu kuch berilgan kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi (natijaviysi) deyiladi. Mas: (F1,F2,F3,F4, .....,Fn) € R bo'lsa, R - teng ta’sir etuvchi deyiladi, (F1,F2,F3,F4 ,
.....,Fn) esa teng ta’sir etuvchining tashkil etuvchilari (komponentalari) deyiladi.
Agar kuchlar sistemasi ta’siri ostidagi jism tinch tursa yoki jismning barcha nuqtalari bir xil o'zgarmas tezlik bilan harakatlansa, bunday kuchlar sistemasi muvozonatlashgan kuchlar sistemasi yoki nolga ekvivalent kuchlar sistemasi deyiladi va quyidagicha yoziladi.
(F1,F2,F3,F4 , .....,Fn) € 0
Muvozonatlashgan kuchlar sistemasini tashkil etuvchi ixtiyoriy bittasi qolgan kuchlami muvozonatlovchi hisoblanadi.
Bir necha jismdan tashkil topgan jismlar sistemasiga ta’sir etuvchi kuchlarni ichki kuchlar va tashqi kuchlarga ajratiladi. Sistemani tashkil etuvchi jismlaming o'zaro ta’siri ichki kuchlar deyiladi. Agar jismga ta’sir etuvchi kuch sistema tarkibiga kirmaydigan boshqa jism tomonidan qo'yilgan bo'lsa, bu kuch tashqi kuch deyiladi.
Statikada asosan ikkita masala ko'riladi:
Jismga ta’sir qiluvchi kuchlar sistemasini sodda holga keltirish masalasi
Kuchlar sistemasi ta’siri ostida turgan jismni muvozonat shartiga tekshirish statikaning ikkinchi masalasi deyiladi.
Statika bir necha aksiomalarga tayanib ish ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |