Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar


Download 399.45 Kb.
bet9/9
Sana29.12.2022
Hajmi399.45 Kb.
#1071891
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ikkinchi holatda(62 rasm, b) silindr biroz og’dirilgan. Bu holda ham og’irlik markazidan o’tgan og’irlik kuchining ta’sir chizig’i tayanch yuzasining ichidan o’tganligi rasmdan ko’rinib turibdi. Agar jism qo’yib

yuborilsa u daslabki vaziyatiga qaytadi. Jismni muvozanat vaziyatidan chiqarganimizda og’irlik kuchining ta’sir chizig’i, tayanch yuzasidan chiqib ketmasa uning muvozanati turg’un, chiqib ketsa turg’unmas muvozanat bo’ladi. Bu xulosaga tayanch yuzasiga ega bo’lgan jismning muvozanat sharti deb ataladi. Rasmdagi uchinchi holatda (62 rasm, c) jism ko’proq og’dirilganligi sababli, uning dastlabki vaziyatiga qaytmay yiqilganligini ko’ramiz.Bunga sabab og’irlik kuchining ta’sir chizig’i tayanch yuzasining tashqarisiga chiqib ketganligidir. Demak, jismning og’ish burchagini oshirganimizda u turg’un muvozanatdan turg’unmas muvozanatga o’tar ekan.Yuqori qavatli binolarni (teleminora) loyuhalashda ularning muvozanatini turg’un bo’lishiga katta e’tibor beriladi.Chunki ular shamol, yerning qimirlashi va boshqa sabablar tufayli muvozanat vaziyati atrofida doim tebranib turadi.Tebranish jarayonida og’irlik kuchining ta’sir chizig’i tayanch yuzasidan chiqib ketmasligi uchun ularning tayanch yuzasi katta qilib, hamda og’irlik markazining balandligi yer sirtiga yaqinroq qilib ishlanadi.
Yuqoridagi xulosalarga ko’ra, jism muvozanatda bo’lishi uchun uning tayanch yuzasi katta va potensial energiyasi minimal bo’lishi zarur.
Download 399.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling