Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar


-Aksioma: (kuchlar parallelogrammi haqidagi aksioma)


Download 399.45 Kb.
bet4/9
Sana29.12.2022
Hajmi399.45 Kb.
#1071891
1   2   3   4   5   6   7   8   9

3-Aksioma: (kuchlar parallelogrammi haqidagi aksioma)


Bir nuqtaga qo'yilgan va bir to'g'ri chiziqda yotmaydigan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi miqdor va yo'nalish jihatidan shu kuchlarga qurilgan parallelogrammning kuchlar


2-rasm

qo'yilgan nuqtadan o'tuvchi diagonaliga miqdor va yo'nalish jihatidan teng


4-Aksioma: (ta’sir va aks ta’sir haqidagi aksioma)


Har qanday ta’sirga imga teng va bir to'g'ri chiziq bo'ylab qarama-qarshi tomonga yo'nalgan aks ta’sir mos keladi.
Shuni eslatib o'tish kerakki, ta’sir va aks ta’sir muvozonatlashgan kuchlar sistemasini tashkil qilmaydi.Chunki, bu kuchlar boshqa-boshqa jismlarga qo'yilgan.
Yuqoridagi aksiomalarda quyidagi natijalar kelib chiqadi.

  1. natija: Muvozonatdagi jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi bir-biriga teng va qarama-qarshi yo'nalgan ikki kuch bilan ta’sir qilib, bu kuchlar muvozonatlashgan kuchlar sistemasini tashkil qiladi.

Isboti: Haqiqatan ham 4-aksiomaga asosan jismning ichtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi ta’sir kuchlar miqdor jihatidan teng bolib, qarama-qarshi yo'nalgan bo'ladi. 1-aksiomaga ko'ra esa miqdor jihatdan teng bir to'g'ri chiziq bo'ylab qarama-qarshi tomonga yo'nalgan kuchlar muvozonatlashgan kuchlar sistemasini tashkil qiladi.

  1. natija: Jismning muvozonati faqat tashqi kuchlar bilangina belgilanadi.

Isboti: 2-natijaga asosan jismni tashkil qilgan nuqtalaming o'zaro ta’sir kuchlari muvozonatlashgan kuchlar sistemasini tashkil qiladi. 2-aksiomaga asosan esa bu ichki kuchlami tushirib qoldirsak, faqat tashqi kuchlar qoladi.


  1. natija: (uch kuch muvozonati haqidagi teorema)


Bir tekislikda yotuvchi parallel bo'lmagan uchta kuch muvozonatlashsa, ulaming ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi.
Isboti: Jismning Al,A2,A3, nuqtalariga F1„F2,F3 kuchlar ta’sir qilayotgan bo'lsin. Jism muvozonatda bo'lgani uchun (Fl,F2,F3) € 0 bo'ladi.

Avval (F1,F2) € R1,2 kuchni aniqlaymiz. Buning uchun bu kuchlami 1-natijaga asosan ularning ta’sir chiziqlari kesishadigan О nuqtaga ko'chiramiz.



  1. aksiomaga ko'ra R1,2 ni aniqlaymiz. (F1,F2,F3) € (R1,2, F3 ) € 0. Demak, jism R1,2 va F3 kuchlarning ta’sirida muvozonatda turibdi. 1-aksiomaga ko'ra bu kuchlaming

miqdori teng va bir to'g'ri chiziq bo'ylab qarama-qarshi tomonga yo'nalgan. Demak

Download 399.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling