Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar
Download 399.45 Kb.
|
F3 kuchning ta’sir chizig'i ham O nuqtadan o'tadi. Teorema isbotlandi.
Statikaning asosiy vazifalari. Jismlarning muvozanatda bo’lish shartiMexanikaning kuchlar ta’siri ostida bo’lgan jismning yoki jismlar sistemasining muvozanatda bo’lishi shartlarini o’rganadigan bo’limi statika deyiladi. Statika grekcha «statos» so’zidan olingan bo’lib lug’aviy manosi «qo’zg’almas» demakdir. Tinch turgan biror jismga kuch tasir etganda u harakatga kelishi (tezlanish olishi) mumkin. Ba’zan jismga bir nechta kuch ta’sir qilishiga qaramay uning tinch holatda qolishi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda ishtirok etishi mumkin. Jismning tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan holatiga muvozanat holat deyiladi. Jism muvozanatining eng oddiy holatlarini quyida keltiramiz. Tinch turgan aylanmaydigan jismning biron bir nuqtasiga bir vaqtda kattalik jihatdan teng va bir to’g’ri chiziqda yotgan qarama - qarshi yo’nalgan ikki kuch tasir etsa, jism tezlanish olmaydi va o’zining tinch (muvozanat) holatini saqlaydi (50-a rasm). Tinch turgan aylanmaydigan jismning bir to’g’ri chiziqda yotgan ikki nuqtasiga bir vaqtda kattalik jihatdan teng va qarama - qarshi yo’nalgan ikki kuch F F F F 1 2 1 2 b) 50-rasm F1 51-rasm ta’sir etsa bu jism o’zining tinch (muvozanat) holatini saqlaydi (50-b rasm). Ilgarilanma harakat qilayotgan jism muvozanatda bo’lishi uchun jismga qo’yilgan kuchlarning vektor yig’indisi nolga teng bo’lishi kerak . Agar kuchlarning vektor yig’indisi nolga teng bo’lsa, u holda bu kuchlar (vektorlar)ning har qanday o’qdagi proeksiyalarining yig’indisi ham nolga teng bo’ladi (51-rasm). Demak, jismning muvozanat shartini quyidagicha ifodalash mumkin: aylanmaydigan jism muvozanatda bo’lishi uchun jismga qo’yilgan kuchlarning istalgan o’qdagi proeksiyalarining yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur. F1x=F2x=F3x=…=0, F1y=F2y=F3y=…=0 (1) Download 399.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling