1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja


Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana27.01.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1132082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin 
qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib. bir vaqtning 
o'zida ong ham predmet, ham izohiy tamoyil bo'lib xizmat qilgan. Psixologiya 
fanining predmeti sifatida xulq-atvorning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt 
tizimini yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot ob’ektiga olib chiqdi. Lekin ayni 
paytda psixologiya psixika va ongni o‘z tadqiqot predmeti sifatida yo'qotdi. 
Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi tamoyili asosida ong va 
faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda 
bo'lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to‘la, ba’zan 
turg’unlik, ba’zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o‘tgan. 
Boshqa fanlarda ham bo’lganidek, psixologiya tarixi fanlari ham shartli 
bo‘lib, u ba’zan o’rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy 
yondashishiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lib kelgan. 
Ilmiy psixologik bilimlar 
taraqqiyotining umumiy va asosiy qonuniyati 
— bu g‘oyalar kurashidir. Bu kurash uzoq vaqt materializm va idealizm 
o‘rtasidagi kurash ko‘rinishida talqin qilinib kelindi. 


Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani 
ishlab chiqishiga yo’nalganligidir. Bu tendensiya psixologiyadagi ochiq krizis 
davrida yanada yaqqol ко’zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun 
yagona izohiy tamoyilning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini ta’minlar 
edi. Shu davrda paydo bo‘lgan barcha maktablar. psixoanaliz, geshtaltpsixologiya, 
bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya o‘rniga da’vogarlik 
qildilar. L.S.Vigotskiy bu holatni shunday ta’riflaydi: «Aniq sohalardagi xususiy 
kashfiyotlardan umumiy tamoyillarning paydo bo’lishiga va ularning butun 
psixologiyaga yoyilishiga va nihoyat falsafiy tizimga, hatto dunyoqarashga 
aylanishiga davo qilingan bu g‘oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga 
uncha mos kelmaydi. Psixologik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi 
kuchlari va sabablari hozirgi paytda ilmiy g’oyalar u yoki bu fan taraqqiyotini 
belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko‘p munozaralar 
mavjud». 
L.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo‘llashni taklif 
qilgan. Bunga ko‘ra fan faqat o‘zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari 
asosida rivojlanib boradi. Boshqacha aytganda, fanning rivojlanishiga faqat 
kognitiv omillargina ta’sir ko‘rsata oladi. Bunday internalistik yondashishga 
eksternalistik yondashish qarama-qarshi qo‘yilib, unga ko‘ra fan tarixini ijtimoiy 
omillarsiz o‘rganib bo‘lmaydi, ijtimoiy faktorlardan fan tarixini nazariy qayta 
tiklashda foy- dalanilishi lozim. Bunga ko‘ra psixologik bilimlar taraqqiyoti 
tarixini tahlil qilish birinchidan, tarixiy fan holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan, 
o‘rganilayotgan davrda fandagi alohida holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa 
fanlar, jumladan matematika, fizika, astronomiya, tilshunoslik, fiziologiya, 
biologiya, etnografiya, mantiq kabilar esa psixologiya fani taraqqiyotiga ta’siri 
turlicha ilmiy tamoyillarni olib kirgan. Bu esa birinchidan, shu fanlar doirasida 
psixik hodisalar haqidagi bilimlarni to‘plashga, ikkinchidan, shu fanlarning 
metodlaridan unumli foydalanishga, uchinchidan, umumiy ilmiy metodologik 
mushohadalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bunday aloqasi psixologiya fanining faqat 


boshqa fanlar bilan hamkorlikda rivoj topishini ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo’lida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan 
holda, o’rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o’zgartirib bordi. L.D. 
Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling