1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Download 86.79 Kb.
bet1/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли


1 - Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
Ma’ruza rejasi:
1. Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi.
2. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash» tushunchasi va uning tarixiy shakllari: mif, din va falsafa.
3. Falsafaning asosiy masalasi. Falsafiy dunyoqarashning yo‘nalishlari.
4. Falsafaning funkiyalari.
5. Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Dunyoni anglash, falsafa, dunyoqarash, olam-odam, mif, din, fan, umuminsoniy ma’naviy qadriyat, falsafa – fan, tadqiqot ob’ekti, predmeti, bahs mavzusi, muammolari, umumnazariy falsafiy fanlar, ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, ijtimoiy falsafa, maxsus falsafiy fanlar, falsafaning umumbashariy mohiyati, falsafa fani funksiyalari, falsafa va fan, fanlar tasnifi.


1-savol bayoni: Falsafa – umuminsoniy ma’naviy qadriyat. Ma’lumki, falsafa insoniyat bilimi va ma’naviy hayotining qadimgi sohasi hisoblanadi. Kishilar qadim zamonlardan boshlab insonni qurshab turgan olam, tabiat, borliq nima, ular qanday tuzilgan, insonning dunyoda tutgan o‘rni va roli qanday? kabi savollarga turli shakllarda, dastlab miflar shaklida, so‘ngra nazariy qarashlar tizimi va bir butun ta’limotlar, konsepsiyalar shaklida javob berishga harakat qilib keldi. Hozirgi kunda ham dunyoda turlicha nazariy konsepsiya va ta’limotlar mavjud. O‘tmishdagi va hozirdagi barcha falsafiy qarashlarni umumlashtiruvchi masala – “Olam va odam”, ya’ni “Borliq va inson”, “Men va men emas”, “Men va U” va ular o‘rtasidagi munosabat masalasidir. Falsafa tarixining har bir bosqichida, har bir falsafiy ta’limotda inson ushbu masalalarga oid haqiqat zarralarini topishga intilgan. Ana shu haqiqat zarralaridan iborat bilimlar majmui falsafa asoslarini tashkil etadi.
Falsafa” tushunchasining asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» (phileo – sevaman va sophia – donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1. Falsafa so‘zini Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Falsafa fanmi yoki ma’naviy faoliyat turimi, degan savolning qo‘yilganiga ancha bo‘ldi. Ba’zi mutafakkirlar falsafa fanlarning fani, ya’ni barcha fanlar uchun umumiy metodologiya degan fikrni bildirsa, boshqalari bahslashuv faoliyati, dunyoqarash shakli kabi xulosalarni ilgari surganlar. Falsafa tarixiga nazar tashlansa, falsafa bu g‘oyalar, turli qarashlar va ta’limotlar kurashidan iborat.
Falsafa nazariy-ilmiy asosga, o‘z predmeti, barcha fanlardan farqli tarzda alohida bilish uslublariga ega bo‘lganligi uchun fan hisoblanadi. Amaliy nuqtai nazardan esa ma’naviy faoliyat turi, chunki inson o‘z hayotidagi har bir yashash aktini falsafiy akt deb tushunmoq kerak. Zero, ruhiy sog‘lom odam u yoki bu darajada faylasufdir. Falsafani o‘qitishda esa biz yosh avlodni ajdodlarimiz an’anasi va hayot talablari asosida dunyoqarashini shakllantirishga erishishni vazifa qilib olamiz. Chunki falsafiy tafakkur madaniyati tamoyillari va dunyoqarashdan bexabar bo‘lgan mutaxassisni o‘z sohasining bilimdoni, o‘z davrining ilg‘or kishisi, insoni komil atash mumkin emas.
Demak, falsafa ko‘p qirrali, umumiy ijtimoiy-ma’naviy bilimlar tizimidir. U ham fan, ham ijtimoiy ongning alohida o‘ziga xos nazariy shakli, dunyoqarashdir. Falsafa konkret tarixiy davrlarda, sharoitlarda turli darajada rivojlangan yaxlit fan hisoblanadi. Falsafa inson bilimlarining oddiy yig‘indisi emas, balki ularni aqliy umumlashtirish asosida shakllangan nazariy xulosalar tizimidir. Inson falsafiy tafakkur orqali o‘z mohiyatini, borliqdagi o‘rnini anglaydi, ajdodlar qoldirgan meros, o‘zining, o‘z davrining amaliy, ilmiy yutuqlarini falsafiy umumlashtirib olamni bir-biri bilan bog‘langan, taraqqiyotda bo‘lgan jarayon sifatida anglaydi, istiqbol rejalarini belgilaydi. Falsafa tafakkur madaniyati, insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir.
Inson ma’naviy kamol topib, jamiyat, fan-texnika va texnologiyalar rivojlanib borgani sari falsafiy umumlashmalarga ehtiyoj ortadi. Bu esa falsafaga yangicha, ijodiy yondoshish zaruratini tug‘diradi. Falsafaga yangicha yondoshish – insoniyatning ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan, inson aqlu-zakovatining yetuk mahsuli bo‘lgan falsafiy meros va qadriyatlarni chuqur, xolisona o‘rganish, ularni davrimizning dolzarb muammolari bilan bog‘lab rivojlantirish, yangilanayotgan O‘zbekiston tadrijiy taraqqiyotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy muammolarini yaxlit tahlil qilish, xalqimizning yangicha dunyoqarashini shakllantirishdir. Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: ”yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazish”2,- tarixiy zaruriyat hisoblanadi.
Xullas, falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatining bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan iboratdir. O‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra falsafiy bilimlar umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydiyu shu sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir. Hozirgi zamon falsafasining nazariy manbasini insoniyat tomonidan yaratilgan barcha falsafiy ta’limotlar tashkil qiladi. Uning asoslari, ildizlari esa shu paytgacha tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga borib taqaladi.
Falsafaning predmeti ba’zi falsafiy tizimlarda oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.
Shu ma’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechoqliq mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog‘liq.
“Falsafa” atamasi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni xaqidagi qarash va xikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling