1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Dunyoqarashning tarixiy shakllari


Download 86.79 Kb.
bet6/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли

Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib borib dunyoqarashning yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo‘ladi. Mifologik (afsonaviy), diniy va ilmiy-falsafiy dunyoqarashlar kishilik tarixida vujudga kelgan dunyoqarash shakllaridir. Dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‘nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‘planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan.
Mifologik dunyoqarash. Mifologiya ya’ni afsonaviy dunyoqarash – kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lib, u tabiat kuchlari va hodisalarini hissiy qiyofalar va alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlovchi, kishilarning hayolotiga asoslanuvchi qarashlar va tasavvurlardir. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli elementlari, san’at, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham ta’minlanadi.
Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarihan ikkinchi shakli dindir. Din so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi. Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Xullas, din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, unda e’tiqod muqarrar tarzda birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
Diniy dunyoqarash bu kishilarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni ilohiy kuchlar asosida aks ettiruvchi qarash va tasavvurlari hamda ana shu ilohiy kuchlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlaridir. Diniy dunyoqarashning asosiy elementlari jumlasiga diniy tuyg‘u, diniy aqidalar va unga ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod kabilar kiradi.
Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
· dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan va bunda g‘ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;
· kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta’minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;
· tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va qoidalarni belgilaydi;
· kompensator funksiyasi yetishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din tarixiy-zaruriy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayrioddiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyoji hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi e’tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘jizalarga javob topishga ham (balki hozircha) qodir emas. Psixologlar qayd etganidek, «o‘ta mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida o‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayrioddiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.
Dindorlik sabablariga ijtimoiy sohada ham duch kelish mumkin, zero jamiyatda tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlik doimo mavjud bo‘lgan, odamlar qancha urinmasin ularni o‘zgartira yoki yenga olmagan. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayrioddiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzot taskin va tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinning siyosiy ildizlari. Din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud. Odatda, turli siyosiy kuchlar dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydilar va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlaydilar, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytiradilar.
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko‘p sonli turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Fetishizm u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga aylanadi.
Animizm (lot. anima – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham go‘yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish. Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonlidir.
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi. (Hindistonda Xonumon maymuni, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, masalan rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi.
Dinning qayd etilgan qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politezm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bo‘lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga sig‘inish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Odamlar ko‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi o‘z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‘yoki muvofiq holatga keltirdilar. Shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono – bir va theos – xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi.

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling