1-Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli. Reja: 1.Falsafa fanining predmeti,asosiy muammolari va ularning o’ziga xosligi. 2.Falsafaning asosiy yo’nalishlari,sohalari va vazifalari. 3. Dunyoqarashning tuzilishi va uning tarixiy shakillari. 4.Hozirgi davr o’zbek falsafasining asosiy masalalari va ularni o’rganish vazifalari. Falsafa nihoyatda qadimiy fandir.olam va odamlar o’rtasidagi munosabatlar,inson Qadri va umrning mazmuni,dunyodagi o’zgarishlar,o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.falsafa esa - barcha fanlar rivojlanishiga asos bo’ladigan va ulardan oziqlanadigan,ayni paytda ularning rivojlaninsh yo’llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan.u Qadim zamonlardayoq “barcha fanlarning otasi” deb ta’riflangan.falsafiy mulohaza yuritish,fikrlash inson tabiatiga xos, demak,uning o’zi kabi qadimiydir Falsafa so’zining kelib chiqishi - Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama “filosofiya”so’zidan olingan bo’lib u “donishmandlikni sevish”{“Filo”-sevaman, “Sofiya”-donolik} degan ma’noni anglatadi.Qadimgi yunonistonda “Filosofiya” atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, Pifagor ishlatgan
- Falsafaning predmeti-insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, bilimlar va tajriba ,muayyan e’tiqod,ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliqdir
- Boshqacha atganda ,muayyan obyekt haqida muayyan tasovvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo’lishi mumkin bo’lgan hamma narsa falsafaning predmetidir
Falsafiy yo`nalishlar, tadqiqot olib boradigan soxasiga ko`ra, o`ziga xos bo`lib, asosiylari quyidagilardir: - Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to`g`risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to`g`risidagi, insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim soxasidir. Gnoseologiya — bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta’limotdir. Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`g`risidagi falsafiy ta’limot. Praksiologiya — insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati to`g`risidagi falsafiy ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |