Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja: Bilishning mazmuni va mohiyati. Bilishning asosiy turlari va shakllari


Download 206.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi206.1 Kb.
#1027517
  1   2   3   4
Bog'liq
BILISHNING TARAQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



BILISHNING TARAQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
Reja: 
1. Bilishning mazmuni va mohiyati.
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3. Ong-tafakkur va borliqning birligi.
4. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari.


Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik
uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar 
mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud 
emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini 
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va 
ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma 
g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, 
mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga 
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va 
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. YUm, L. Feyerbax), 
aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar 
biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi 
zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini 
umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat 
qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini 
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya 
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini 
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, 
appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir.
Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish 
o‘zgaruvchanligi, 
o‘tkinchiligini 
mutlaqlashtiruvchi 
agnostitsizmning 
yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, 
haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam 
hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat 
deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, 
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham 
omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa 
yaqqol seziladi.
Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar 
keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar 
fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida ko‘p 
ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq 
emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri 
chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini 
isbotlamaydi.
Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim 
doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga 
almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men 
hech ish qilmayman»1.
Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek 
odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar 
to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan 
1
Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. – С.3. 


eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar 
amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan. 
O‘yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o‘yin 
vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri 
hisoblanadi. 
Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki 
bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. 
Badiiy bilim. Borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u 
san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar 
tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. 
Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat 
borlig‘ining mazmunini aniqlashdir. U insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson 
hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, 
axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. 
Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina 
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un – inson dunyoda 
ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga 
bo‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning 
universal o‘zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy 
tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog‘lab o‘rganadi. Me’yorlar va 
ideallar, ilmiy bilimlar va san’at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot 
mazmunini anglash yo‘lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy 
mushohada yuritish shaklini belgilaydi. 
Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni 
ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim 
boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma’naviy 
ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga 
solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va 
mazkur farqning tahlili ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning 
birinchi va muhim sharti hisoblanadi. 
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Falsafada bu 
tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan inson bilish jarayoniga olib kiradigan va bu 
jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab 
chiqilgan. Bilimning ob’ektivligi, haqiqatning sub’ektdan mustaqilligi e’lon 
qilingan. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda 
ilmiy bilish sub’ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob’ektivlikka xalaqit 
berardi, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni 
sub’ektning ob’ektga ta’siri muammolari, anglab etilayotgan ob’ektga 
sub’ektivlikning ta’siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira 
boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo va tegishli tushunchalar o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q.
Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda odatda individ 
tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub’ekt – bu, albatta, avvalo barcha 
bilish qobiliyatlariga ega bo‘lgan individ. Sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy 


guruh, sinf, jamiyat hamdir. Ayni vaqtda, kichik guruh ham «sub’ekt» bo‘lishi 
mumkin. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur 
mazkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg‘ulariga 
qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida 
amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu ob’ekt 
bo‘ladi.
Bilishning haqiqiy sub’ekti hech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega 
bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik
qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik 
shaxs. Biroq ko‘pincha bilish sub’ekti deganda intellektual faollikning qandaydir 
shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi. 
Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob 
ham (uni o‘rganishayotgan va ta’mirlashayotganida), boshqa individ ham, 
yuqorida ko‘rganimizdek, anglab etayotgan individ bilan bog‘liq narsalar va 
hodisalar ham ob’ekt bo‘lishi mumkin. «Ob’ekt» tushunchasini ob’ektiv borliq 
bilan 
aralashtirmaslik 
kerak. 
Masalan, 
hayvonlarning 
hujayralaridagi 
xromosomalar ular sitologiya va genetikada o‘rganish «ob’ekti»ga aylanishidan 
ancha oldin mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o‘rganila 
boshlangan va «ob’ektlar»ga aylangan.

Download 206.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling