1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Download 86.79 Kb.
bet4/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли

Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o‘zgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Falsafa o‘zining birinchi ma’nosida –«donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga yetish usuli sifatida, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo‘ladi. Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari ham tasdiqlaydi (ba’zan ular mustaqil falsafiy fanlar maqomiga da’vogarlik qiladi). Bu yerda avvalo tabiat falsafasi, huquq, fan, tarix, siyosat, san’at, din, texnika falsafasi, tanatologiya, gerontologiya va boshqalar nazarda tutilmoqda. O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va o‘ta muhim sohasi – globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo bo‘ldiki, uni o‘rganish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
2-savol bayoni: Falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin.
Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, ya’ni aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Insonda ong paydo bo‘lib, u ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, mutaxassislar fikricha, uning asosiy tabiiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin so‘zning to‘la ma’nosida aqliy ish olib bora boshladi.

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling