1 Mavzu: Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Ma’ruza rejasi: Falsafaning ob’ekti, predmeti va tarkibi. Falsafaning dunyoqarashga doir mohiyati. «Dunyoqarash»


Download 86.79 Kb.
bet8/14
Sana24.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1395906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1 мавзу Фалсафанинг предмети, мазмуни ва жамиятдаги роли

3-savol bayoni. Falsafaning asosiy masalalari. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Falsafaning umumbashariy fan ekani uning baxs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va intixosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy, asosiy muammolardir. Bu muammolarning qanday usulda xal qilinishiga qarab monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizi, teizm, ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi.
Falsafiy yo‘nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to‘g‘risidagi masalada u moddiy yoki g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plyuralizm deb e’tirof etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnis (1646-1716) bo‘lgan.
Darhaqiqat, odam va olam, ideallik va moddiylik, ong va materiyaning o‘zaro nisbati, munosabati masalasi «falsafaning asosiy masalasi» sifatida ta’riflanishiga turtki bergan bo‘lib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi.
Birinchi jihat ontologiya masalasi bo‘lib, moddiylik va ideallikning o‘zaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qo‘yiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bog‘liq gnoseologiya masalasi bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi o‘z tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmizmi?»
Falsafaning asosiy masalasining birinchi tomoni ontologik masala bo‘lib, bu masalaga faylasuflar qanday javob berishiga qarab materialistlar –dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar va idealistlar -dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo‘lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar (ong, ruh) yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi. Bunda idealizmning ikki turi – ob’ektiv va sub’ektiv idealizm farqlanadi. Qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan (ya’ni ob’ektiv mavjud bo‘lgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo, dunyoviy aql, g‘oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e’tirof etuvchilar ob’ektiv idealistlar hisoblanadi. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegel, N.Berdyaev kabi mutafakkirlar ob’ektiv idealizm namoyandalari sifatida e’tirof etiladi. Dunyo faqat individual (sub’ektiv) ong mavjudligi nuqtai nazaridan qaralgan holda sub’ektiv idealizm to‘g‘risida so‘z yuritiladi. J.Berkli, D.Yum, I.G.Fixte sub’ektiv idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
Falsafa tarixida materialistik yo‘nalishlar va oqimlar ham anchaginadir. Xususan, borliq, materiyani yaratish va yo‘q qilish mumkin emasligi haqidagi fikr- mulohazalarga ilk faylasuflarning asarlaridayoq duch kelish mumkin. Mazkur sodda materializm vakillari: qadimgi xitoy faylasuflari – Lao szi, Yan Chju; · Qadimgi hind faylasuflari – lokayata yo‘nalishi namoyandalari; · Qadimgi davrning mashhur faylasuflari – Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur va boshqalar. · Qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardusht Spitoma kabilardir.
Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan Yangi davrda mexanistik materializm (P.Golbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa keng tarqaldi. XVIII-XIX asrlarda falsafiy materializmning yo‘nalishlari:
- antropologik materializm (L.Feyerbax);
- vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott);
- dialektik materializm (K.Marks, F.Engels) shakllandi.
Materializmning deizm – ilohiy turtki haqidagi yoki panteizm – tabiat bilan xudo (Olloh) aynan bir degan g‘oyani ilgari suruvchi ko‘rinishlari ham mavjud.
XX asrdan boshlab klassik falsafiy merosga munosabat masalasida falsafiy yo‘nalishlar neoklassik oqim (klassik falsafa g‘oyalarini, an’analarini tiklab, rivojlantirishga yo‘naltirilgan) va antiklassik (ularni to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish va rad etishga asoslangan) oqimlarga bo‘linadi.
Falsafaning asosiy masalasining ikkinchi jihati gnoseologik masala bo‘lib, “Dunyoni bilish mumkinmi?”, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o‘zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni va u yaratgan ta’limotning ko‘p sonli tarafdorlarini tilga olib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to‘la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo‘lib, faylasuflar orasida munozaralarga sabab bo‘lib keladi.

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling