Amaliy ish 2


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1492283
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansurov Sharof AI 2



Amaliy ish 2
[Год] 
MANSUROV SHAROF
ZAMONAVIY IQTISODIYOT


 
Reja: 
1 Yangicha ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy 
asoslari. 
2. Yangicha ishlab chiqarishning samaradorligi tushunchasi va uning 
ko‘rsatkichlari. 
3. Ishlab chiqarish jarayonining mahsulotlari, tovar va uning xususiyatlari. 
Yangicha ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari 
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur 
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni 
kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat 
moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni 
vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar 
almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni 
kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda 
qo’llashni kengaytirib boradi. 
Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni 
vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan 
narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi 
modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. 


Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma 
mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir 
(tushunchadir). 
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och 
qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi 
zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter 
texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan 
yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar 
va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan 
iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi. 
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va 
aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli 
xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z 
taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini 
vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib 
ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, 
mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan 
hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi. 
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va 
sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish 
ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga 
bo’linadi. 


Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va 
boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli 
xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan 
chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. 
Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
sohalarining YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan 
tavsiflanadi (1-jadval). 
1-jadval

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling