Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi


Download 14.31 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi14.31 Kb.
#198888
Bog'liq
Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o


Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.

Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish talab etiladi.



Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko‘zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo‘ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar qilish jarayoni kechadi.

Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob beradigan nazariyani qurishdan iborat:

  1. faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish);

  2. real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish;

  3. yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish.

Download 14.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling