1- mavzu: psixologiya tarixi fanining predmeti va vazifalari reja
II- davr Psixologiyaning mustaqil fan bo‘lib rivojlanishi
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
II- davr Psixologiyaning mustaqil fan bo‘lib rivojlanishi
Xronologiya Bosqichning mazmuni Natija XIX asr boshidan XIX asrning 60-yillarigacha Psixologiya mustaqil fan ekanligini ta’kidlovchi ilk psixologik bilimlarning paydo bo‘lishi. Nerv tizimi va sezgi organi faoliyatini eksperimental metodlar bilan o‘rganila boshlanishi psixofizika va psixogeometriyaning paydo bo‘lishi, sezish va idrok qilish nazariyalarining kashf etilishi XIX asrning Psixologiyaning bevosita Eksperimental metodlar 60-yillaridan XIX asrning oxirigacha mustaqil fan sifatida rivojlanishi psixologiyadan mustaqil o‘rin egallashi psixologiyada amaliy tadqiqotlarni paydo bo‘lishi fanda yangi tarmoqlarni vujudga kelishi XX asrning 10-30-yillari Psixologiyada ochiq krizis (inqiroz) Chet el psixologiya maktablari XX asrning 30-50-yillari Inqirozning tugallanishi Yangi tarmoqlar: genetik psixologiya, shaxs psixologiyasining paydo bo‘lishi, yangi maktablar neobixeviorizm, neofreydizmning vujudga kelishi XX asrning 60-yillari Yangi nazariy va amaliy yo‘nalishlarni yuzga kelishi Yangi yo‘nalish gumanistik psixologiya, logopediya, kognitiv psixologiyaning paydo bo‘lishi, psixologiya predmetini tahlil qilinishi, ongsizlik masalasiga katta e’tibor berilishi, ijtimoiy psixologiya masalalarini chuqurlashtirish Psixologiya tarixining manbalari bo‘lib to‘plangan barcha psixologik bilimlarni aks ettiruvchi manba eng avvalo o‘tmish faylasuflari, psixologlarining asarlari, tibbiyotga ayniqsa, psixatiriya sohasiga oid bilimlar sanaladi. Shuningdek, boshqa fanlar tabiatshunoslik, jumladan, fizika, ximiya, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ma’lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki psixologik bilimlar qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar tizimi darajasiga ko‘tarilganligi haqida ham ma’lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda psixologiya tarixi fanining o‘ziga metodologik ildizlari haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o‘rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya fani mohiyatini turlicha talqin qilishda insondagi psixik va fiziologik hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishda hamda psixologiya fani predmeti haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Albatta psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi. Psixologik bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya fani predmetiga ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq-atvor haqidagi fan sifatida muayyan mushohadalar olib borilgan. Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy tamoyil deb. uning faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo’yishi mumkin. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling