Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Download 19.61 Kb.
|
1 2
Bog'liqHujjat (38) (7)
Annotatsiya: Maqolada tarbiya fani dars jarayonida o’quvchilarning tarbiyasini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishning muhim jihatlari oсhib berilgan. Kаlit so’zlar: Pedagogik texnologiya, innovasion texnologiya, ta’lim-tarbiya,didaktik vosita, ta’lim samaradorligi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta‘limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xat o xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ta„lim-tarbiya jarayonini ilg„or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o„qituvchi tomonidan yaratiladi, ta„lim-tarbiya bosqichlarini o„zaro bog„lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta„lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o„quvchida shakllantirish ko„zda tutilgan ma„naviy sifatlarni o„zlshtirishga yo„naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o„z ichiga oladi. Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‟zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta„lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‟zining ma„lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‟lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi. Ta„lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o„quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o„quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o„zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi. An„anaviy o„qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o„g„zaki so„zlarga tayanib ish ko„rishi tufayli axborotli o„qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o„qituvchi faoliyati birgina o„quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta„kidlagan holda baxolanmoqda. O„zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko„p asrlar davomida qo„llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o„ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g„oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o„tmishda ko„plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo„lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o„rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo„lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg„onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o„tkir fikrlaydigan kishilar to„g„risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o„tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo„r istidodga ega; yomon ishlardan o„zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so„z va o„rgatish bilangina bo„ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o„rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo„lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo„lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo„lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb- hunarning chinakam oshig„i bo„ladilar» O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Bugungi kunda ta‘lim muassasalarining o‘quvtarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e‘tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunda rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta‘lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘qituvchidan ko‘proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovasion jarayonlarda ta‘lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarin o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi. Interfaol usullarni yana boshqaca ta‗riflaydigan bo‗lsak interfaol ta‘lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi.Interfaol metod — ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta‘siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaollik, bu o‘zaro ikki kishi faolligi, ya‘ni, bunda o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik—o‘zaro faollik, harakat, ta‘sirchanlik, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (sub‘yektsub‘yekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o‘q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr-mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta‘lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Demak, interfaol ta'lim texnologiyalari va uning muhim tarkiiy elmenti bo’lgan interfaol metodlar ta'lim jarayonini tashkil etish ko’rsatkichlarining o’zgarishini ta'minlaydi. Zero, zamonaviy ta'lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog’liqlikda ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi. Ma'lumki, bugungi kunda o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqilligi ijodkorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta'lim jarayonida yaxshi samara berayotgan ana shunday usullardan biri qiziqarli didaktik o‘yinlardir. Didaktik o‘yinlar nafaqat o‘qitishning amaliy yo‘nalishi kuchayishiga, balki o‘quvchi va talabalarning dars jarayonida o‘zlashtirayotgan nazariy bilimlarini mustahkamlanishiga olib keladi. Ta'kidlash joizki, didaktik o‘yinlarni tashkil etishdan oldin bu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda asosiy e'tibor mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardan mavzuga moslarini tanlash, mashg‘ulotning qaysi bosqichida ularni amalga oshirilishini belgilash, o‘yinning shartini o‘quvchi va talabalarga aniq tushuntirish kabilarga qaratiladi. Garchi, interfaol o‘yinlar yangi bilimlarni chuqur bermasada, darsning qiziqarli bo‘lishini ta'minlaydi. Didaktik o‘yinlar o‘zining tashkil etilish shakllariga ko‘ra: individual (yakka), guruhli (kichik va katta guruhlar) va yalpi (butun sinf o‘quvchilari ishtirokida) tarzida bo‘ladi. Pedagog xodimlarni ta'lim jarayonidagi nazariy bilimlarni yanada rivojlantirish, ularda mustaqilfikrlash, muammoga ijodiy yondoshish layoqatlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish ijobiy samara beradi. Quyida didaktik o‘yinlardan namunalar keltiriladi. “Hozir javoblik” o‘yini, ushbu o‘yinda o‘qituvchi o‘yin ishtirokchisining pedagogik bilim, tushunchalarini qay darajada o‘zlashtirib olganligini sinab ko‘radi. O‘yinning shartiga ko‘ra, boshlovchi tomonidan aytilgan pedagogik iboraning aksini o‘quvchi yoki talaba tomonidan aytilishi zarur. O‘yin jarayonida o‘quvchi yoki talaba tomonidan aytilgan to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar hisobga olib boriladi hamda reyting tizimi shkalasi asosida baholab boriladi. Namuna. O‘yin mavzusi: “Komil insongan xos va xos bo‘lmagan sifatlar”. Boshlovchi: Talaba Jismoniy barkamollik, aqllilik, donolik zaiflik, aqlsizlik, nodonlik, halollik, harompazlik,samimiylik, kibr xavolik, ruhiy rivojlanganlik, ruhiy ojizlik, ahloqiylik, ahloqsizlik, odobli, odobsiz, adolatli,adolatsiz, mehnatsevarlik, dangasalik, yaxshilik yomonlik, kamtarlilik, manmanlik, sahiylik, baxillik, insonparvarlik, yovuzlik. Eslatma: Mazkur o‘yin turini “Umumiy pedagogika” fanining barcha mavzulari bo‘yicha o‘tkazish mumkin. “Evrika” (o‘ylabtop) o‘yini, o‘yinning bu turi o‘quvchi va talabalarni fikr yuritishga, to‘g‘ri javobni topishga va xulosaga kelishga o‘ndaydi. Mashqur rus pedagogi Ya. A. Komenskiy o‘zining qaysi asarida o‘qitishning qaysi prinsipini “Didaktikaning oltin qoidasi” deb ta'riflagan. Tarbiyaga berilgan quyidagi ta'rif qaysi pedagogning qalamiga mansub va uning qaysi asarida o‘z asarini topgan. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo falokat, yo saodat yo xalokat masalasidur”. Kaykovusning “Qobusnoma” asari kimga bag‘ishlab yozilgan. U qanday asarlar turkumiga kiritiladi. Shayx Sa'diy o‘zining tarbiyaga doir qarashlarida yosh novdani istaganingcha egish mumkin, lekin u katta bo‘lgach qurib qolganida egilmaydi, balki sinadi deb aytadi. Buni pedagogik jihatdan izohlang. O‘zbek adabiyotida o‘qituvchi faoliyatini yorituvchi asar yaratilgan. Bu asar qaysi yozuvchining qalamiga mansub va uning aniq nomini ayting. Chor Rossiyasining O‘zbekistondagi general-gubernatori Skobelev shunday degan edi. “Millatni yo‘q qilish uchun uni qilichdan o‘tkazish shart emas. Uning tilini, dinini, madaniyatini yo‘q qilsang bas, o‘zi tez orada tanazzulga uchraydi”. Ushbu fikrni pedagogik jihatdanizohlang. “Xotira mashqi” o‘yini Didaktik o‘yinning bu turi talabalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarni mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘yinda o‘qituvchi tomonidan ma'lum bir mavzu yoki bo‘limga oid tushunchalar o‘quvchi yoki talabalarga yetkaziladi. O‘quvchi yoki talabalar esa ma'lum bir vaqt (daqiqalar) orasida og‘zaki yozma ravishda xotiralarga suyangan xolda ularni bayon etishlari zarur. Masalan: “Umumiy pedagogika” fanining tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha bo‘yicha: Tarbiya jarayoni, kamolot, komillik, tarbiyaviy ta'sir, tarbiya usuli, ibratnamuna, tarbiyaviy omillar, rag‘batlantirish va jazolash, pedagogik yondashuv, texnologik jarayon, pedagogik hamkorlik kabilar.“Ta'lim nazariyasi bo‘yicha”ta'lim, didaktika, shakl, usul, an'anaviy, noan'anaviy, loyihalash, mahorat, bilim, malaka, amaliyot, ko‘nikma, innovatsion, axborotli, tajriba ma'lumot kabilar. “Klasster” (tarmoqlanish) o‘yini O‘yinning shartiga ko‘ra o‘qituvchi ma'lum bir umumlashgan pedagogik tushunchani doskaga yozadi, xamda o‘quvchiyoki talabalarga mazkur tushunchani ifodalovchi xususiy tomonlarini aniqlash topshiriladi. Masalan: o‘quvchi, maktab, bilim, amaliyot, pedagog kabilar. Topshiriqni quyidagicha shakl asosida berilishi maqsadga muvofik. o‘quvchi: maktab: uyushgan jamoa, —o‘qituvchilar jamoasi, lo‘quvchilar jamoasi,- ilm o‘rgatuvchi dargoh, ilm o‘rganuvchi jamoa, — tarbiya beruvchi dargoh. Download 19.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling