10
3) Burchoq gulini qismlarga ajrating. Kosachabarglari qirralari qo’shilib
ketganiga e’tibor qiling. Tojibarglarning o’ziga xos joylashishini ko’ring.
Changchilar sonini aniqlang.
4) Qovoq yoki bodring gulini tahlil qiling. Ulardagi erkak va urg’ochi
gullarni ajrating.
5) Majnuntol gulini o’rganib, unda gulqo’rg’on yo’qligiga ishonch hosil
qiling. Erkaklik va urg’ochilik gulidagi farqlarni aniqlang va rasmini chizib oling.
6) G’o’za, burchoq, qovoq, majnuntol
gullarning formulalari va
diagrammalarini tuzing.
ADABIYOTLAR:
1. Ikromov M.I. va boshqalar. Botanika.- T., 2002. 270-278 b.
2. Qarshiboev H.Q. Antekologiya. -Guliston, 2004. 72 b.
3. Qarshiboev H.Q. Antekologiya fanidan talabalar
ilmiy-tadqiqot ishlarini
o’tkazishga doir metodik ko’rsatmalar. –Guliston, 2010. 16 b.
2.3. ChANGNI TUZILIShI VA FERTILLIGI
Amaliy mashg’ulotni olib borish texnologiyasi
Dars maqsadi: Changning tuzilishini o’rganish va fertilligini aniqlash usullari
bilan tanishtirish, va ko’nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: