A n t I b I o t I k L a r
ANTIBIOTIKLARNING TA`SIR ETISH MEXANIZMI
Download 61.44 Kb.
|
ANTIBIOTIKLAR
ANTIBIOTIKLARNING TA`SIR ETISH MEXANIZMI
Antibiotiklarning mikrob hujayrasiga har tomonlama ta`sir etishi to`liq o`rganilmagan. Antibiotiklar mikroblarning moddalar almashinishi protsessining ayrim bo`lagiga, nafas olishiga hamda ularning ko`payishiga to`sqinlik qiladi. Masalan, penitsillin mikroblarning, hujayra devoridagi polimerning sintezlanishini to`xtatadi, xlormitsetin esa oqsilning sintezlanishini to`xtatadi. Antibiotiklarning mikroorganizmlarga halokatli ta`sir etishi mikrobga faqat to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilish bilangina chegaralanmasdan, balki u hayvon organizmining kasallikdan himoyalanish aktivligini ham oshiradi. Antibiotiklarning mikroblarga ta`siri hayvon organizmining umumiy holatiga ham bog`liq bo`ladi. Yaxshi sharoitda boqilgan kasal hayvonlarga qo`llanilgan antibiotiklarning ta`siri yuqori bo`ladi va natijada organizmning fiziologik protsesslari hujayralarining nafas olishi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi va boshqalar kuchayadi. Davolash uchun qo`llaniladigan ko`pchilik antibiotiklar organizmda mikroblarni uldirmaydi, balki ularni rivojlanishdan tuxtatadi. Mikroblarni yo`q qilish ko`pincha mikroorganizmning himoya kuchlariga — fagotsitoz va boshqalarga bog`liqdir. Kasallik boshlanishi bilan antibiotiklar qo`llanilsa mikroblarga tez ta`sir etadi, chunki bu paytda organizmda mikroblar oz bo`lib organizmning fiziologik funktsiyalari va organlari mikrob ta`sirida deyarli uzgarmagan bo`ladi. Keyingi paytlarda antibiotiklar faqat meditsina va veterinariyada keng turda qo`llanilibgina kolmasdan, zootexniya va agronomiyada, shuningdek qishloq xo`jaligida ekinlar hosildorligini, mol mahsulotini oshirish va hayvonlarni sun`iy kochirishda ham qo`llanilmoqda. Masalan, bukalarning spermasiga qo`shilgan penitsillin, yoki streptomitsin (1 ml spermaga 500 birlik) spermaning xususiyatiga ta`sir etmay turib, unga mikroblarning tushishiga va rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Antibiotiklarning ta`siri bir necha usul bilan aniqlanadi. 1.Antibiotikni turli darajada suyultirib test-mikrobda sinab ko`rish mumkin. Masalan, penitsillin stafilokokkda, streptomitsin Vast. subtilis da sinab kuriladi. Bu mikroblarga ta`sir etgan antibiotiklarning eng kam miqdori topiladi va o`sha miqdor shu antibiotikning ta`sir birligi deb hisoblanadi. 2. Antibiotiklarning kuchini nefolometrlar bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bir necha probirkadagi suyuq oziq muhitiga sinaladigan antibiotik solinib, turli darajada suyultiriladi, so`ng shu probirkalarga test-mikrob eqiladi. Mikrob kanchalik ko`paysa, probirkadagi suyuqlik shuncha loykalanadi. Sinash uchun test-mikrob eqilgan bu probirkalar qontrol uchun avvaldan tayyorlab qo`yilgan probirkalar bilan solishtiriladi. Qontrol probirkalardagi antibiotikning miqdori avvaldan ma`lum bo`lgani uchun ular sinov uchun ekilgan probirkalar bilan solishtirib, har bir probirkadagi antibiotiklar miqdorini bilib olish mumkin. 3. Antibiotiklarning kuchi diffo`zion usul bilan aniqlanadi. Buning uchun test-mikrobi Petri kosachasidagi zich muhitga eqiladi. Sinalishi lozim bo`lgan antibiotik metall yoki shishadan yasalgan har xil xajmda tsilindrchalarga solinadi, so`ng ular oziq betiga botirib o`rnatiladi. So`ngra Petri kosachalari termostatga qo`yiladi. Antibiotik tsilindrchalar atrofidagi oziq muhitga diffuziyalanib mikrobni ustirmay kuyadi va u qancha kuchli bo`lsa, tsilindrchalar tevaragida mikrob o`smagan doira shuncha keng bo`ladi. Kontrol uchun avvaldan kontsentratsiya miqdori aniqlangan antibiotikdan olinib, ular ham Petri kosachasidagi oziq muhit betiga tsilindr bilan diffuziya qildiriladi va bu kontrol tsilindrlar tevaragidagi mikrob o`smagan doiralarni sinash uchun ekilgandagi hosil bo`lgan doiralarni taqqoslab, antibiotikning kuchi aniqlanadi. Download 61.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling