A. N. Xudoyarov-professor, R. Yu. Maxmudov, M. A. Yuldasheva -phD
KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT ROTATSION YUMSHATKICH TALAB QILADIGAN QUVVATNI ANIQLASH
Download 25.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqМанирага таржимага 2023 йил маколлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT ISHLASH SHAROITINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOTLARNING NATIJALARI
UDK 631.312:631.51
KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT ROTATSION YUMSHATKICH TALAB QILADIGAN QUVVATNI ANIQLASHA.N.Xudoyarov-professor, M.A.Yuldasheva -PhD, B. A.Qodirov-magistrant, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti I.A.Nazirjonov-tayanch doktorant O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali Annotatsiya. Maqolada rotatsion yumshatkichi talab qiladigan quvvatni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatxona yerlarini ekishga tayyorlashda kombinatsiyalashgan agregatlardan foydalanilganda daladan o‘tishlar soni kam bo‘lishi hisobiga tuproq kam zichlanishi va bu bo‘lg’usi ekinlarnig ildiz sistemasini yaxshi rivojlanishiga zamin yaratilishi hamda tuproqqa ishlov beradigan qishloq ho‘jalik mashinalariga bo‘lgan ehtiyoj va to‘g’ridan-to‘g’ri qilinadigan ekspluatatsion xarajatlar kamayishi va ish unumi ortishi aniqlangan. Kombinatsiyalashgan agregat rotatsion yumshatkichi bo‘yicha ma’lumotlar hamda uni ish jarayonida talab qilinadigan quvvatni aniqlash bo‘yicha ifoda olingan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha rotatsion yumshatkichining har bir metr qamrash kengligiga talab etiladigan quvvat 9,38-17,02 kW ni tashkil etishi aniqlangan. Kalit so‘zlar. O‘rmon xo‘jaligi, plantatsiya, rotatsion yumshatkich, quvvat, tadqiqot natijalari, qamrash kengligi, talab etiladigan quvvat, agregat tezligi. UO‘K (UDK) 631. 31.06. KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT ISHLASH SHAROITINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOTLARNING NATIJALARIA.N.Xudoyarov – professor, M. A.Yuldasheva-PhD, E.Vaxobov, Z.Eshboyev-magistrantlar, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, Annotatsiya. Maqolada kombinatsiyalashgan agregat ishlash sharoitini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Pushtada paxta yetishtirish uchun tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat qo‘llanilganda yerlar ag‘darib haydalmasdan yo‘l-yo‘l yumshatilishi hamda boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o‘tkazilmasligi tufayli mehnat, energiya va yonilg‘i-moylash materiallari sarfining sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o‘tishlar soni keskin qisqarishi hisobiga tuproq ortiqcha zichlanmasligiga, tuproq fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga hamda unda mavjud bo‘lgan ozuqa moddalarni o‘simliklar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga olib keladi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalarida egatlarning chuqurligi 11,7 sm ga tengligini, 0-40 sm qatlamidagi tuproq namligi 7,3-15,8 %, zichligi 1,38-1,54 g/sm3 va qattiqligi 2,89-4,89 MPa ni tashkil etdi. Kalit so‘zlar. Kombinatsiyalashgan agregat, tadqiqot, natija, pushta, paxta,tuproq,minimal, yo‘l-yo‘l yumshatish, boronalash, molalash, chizellash, tadbir, mehnat, energiya, yonilg‘i-moylash, material, sarf, zichlik, fizik-mexanik, o‘simlik, egat, chuqurlik qatlam, tuproq namligi va qattiqligi. Download 25.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling