A. N. Xudoyarov-professor, R. Yu. Maxmudov, M. A. Yuldasheva -phD


Download 25.07 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi25.07 Kb.
#1507724
  1   2
Bog'liq
Манирага таржимага 2023 йил маколлар


UDK 631.312:631.51


YUQORI QUVVATLI TRAKTORLAR BILAN AGREGATLANADIGAN MODULLI PLUG KORPUSLARI ORASIDAGI BO‘YLAMA MASOFANI ANIQLASH


A.N.Xudoyarov-professor,
R.Yu.Maxmudov, M.A.Yuldasheva -PhD,
B.A.Qodirov, U.Abdullaeva-magistrantlar,
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Annotatsiya. Maqolada yuqori quvvatli traktorlar bilan agregatlanadigan modulli plug korpuslari orasidagi bo‘ylama masofani aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda Respublikamizda ikki yarusli pluglar bilan bir qatorda umumiy ishlarga mo‘ljallangan modulli pluglar ham keng qo‘llanilishi, ammo bu pluglar chet mamlakatlardan keltirilgan bo‘lib, ular Respublikamiz sharoitida yerlarni shudgorlashga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob bermasligi aniqlangan. SHundan kelib chiqib, Respublikamizda keng qo‘llanilayotgan yuqori quvvatli g‘ildirakli traktorlar uchun umumiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan modulli pluglarni ishlab chiqilgan.O‘tkazilgan tadqiqot natijalarida umumiy ishlarga mo‘ljallangan plug korpuslari orasidagi bo‘ylama masofa 88 sm dan kam bo‘lmasligi aniqlangan.
Kalit so‘zlar. Yuqori quvvatli traktor, agregat, modulli plug, korpus, bo‘ylama masofa, tadqiqot, natija, ikki yarusli plug, shudgor, resurstejamkor, texnologiya, konstruktiv sxema, lemexli-ag‘dargichli sirt.

UO‘K (UDK) 631. 31.06.


KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT VA UNI EGAT
OCHKICH ISH ORGANI


A.N.Xudoyarov-professor,
I.Nazirjonov –tayanch doktorant,
O‘rmon xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali
B.R.Boltaboyev-dotsent, M.A.Yuldasheva- PhD,
B.Qodirov-magistrant,
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Annotatsiya. Maqolada o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatxonalarida manzarali daraxt, noyob gul ko‘chatlarini yetishtirish uchun yerlarni ekishga tayyorlashni yangi texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ma’lumotlar yoritilgan hamda hozirgi kunda o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatxona yerlarini ekishga tayyorlashda qo‘llanilayotgan texnologiya taklif etilayotgan texnologiya bilan taqqoslanganda yerlarni boronalash, molalash va pushta olish jarayonlarini o‘tkazilmasdan tayyorlanishi hisobiga mehnat va boshqa xarajatlarni kamayishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kombinatsiyalashgan agregatini pushta shakllantiruvchi ish organi ikki ag‘dargichli korpusli egat ochgichlardan foydalanish qo‘yilgan talablarga javob berishi aniqlangan.
Kalit so‘zlar: O‘rmon xo‘jaligi,manzarali daraxt, kombinatsiyalashgan agregat, sug‘orish ariqchalari, pushta, boronalash, molalash,pushta olish, ekishga tayyorlash, ish organ, egat ochgich, tadqiqot natijalari, xarajat, resurstejamkor.


Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling