A narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish
Download 210.41 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot-nazarsaysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Jan Batist Sey (1767–1832)
- «Siyosiy iqtisod traktati» (1803)
- «Sey qonuni».
- Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari
21-variant 1. Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish; b) narxlarning o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi , bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Tarmoqlar ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash. Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash. Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati. Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati. Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati. Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi. Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniluvchi narx. Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda qo‘llaniluvchi narx. Dotatsiyalashgan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalaniluvchi narx. Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni sotishda qo‘llaniluvchi narx. Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi. Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi. 2. moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori Real ish haqi isteʼmolchilar oʻzlarining haqiqiy ish haqlariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish haqi ham nominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqlar hajmi bilan belgilanadi. Real ish haqi, infulatsiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish, indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib, isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir. 3.
Yevropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya‘ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oyalarining va konsepsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta‘limoti asos bo’lib keldi. Shu ma‘noda Fransiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767–1832) hisoblanadi. U 1767-yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an‘analarini davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimni olish bilan birga J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma‘lum bo’lishicha, u A.Smitning ―Odamlar boyligi‖ asariga asosiy e‘tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni ommaviylashtirish uning fikricha, Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi ―man etuvchi tizim ga ‖ qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risidagi g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Fransiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. Napoleon ―Traktat‖ bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy ―sahnadan‖ ketishga majbur bo’ldi. Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni sotib, topgan puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814-yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi.
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi- olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’plab leksiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma‘qulladi.
tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va proteksionizmning har qanday ko’rinishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste‘mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya‘ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U ―Sey qonuni‖ deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo„lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo„ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi). Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltirilgan: taklif o’z talabini o’zi yaratadi. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo’llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to’plash imkoniyatini rad etdilar, ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo’lgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg’unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga ko’ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul
qilingan taxminlar o’z isbotiga muhtoj bo’lishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto’g’ri bo’lgan, deb gumon qilgan, lekin u hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o’sish darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq ifodalab berolmagan. 26 Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadlarining barchasini iste‘molga sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste‘molga sarflanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi muvozanat buziladi. Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste‘molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya‘ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik konyunkturasidagi o’zgarishga darhol moslasha
oladi, iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan. Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi. Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, sotsial-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbayi mehnat, deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va yer rentasiga bo’lgan xarajatlardan tashkil topadi, degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi, deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «Foydalilik – bu qimmat o’lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e‘tibor bergan. Uning tasdiqlashicha, bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o’tadi. Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta‘sirda bo’ladilar va bir-birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to’ldirib turadilar. Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati, iste‘dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun
to’lanadiganhaq. Uning fikricha, kapitalning oshib
borishi bilan
«quyi sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori sinf» safini to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi
ko’proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta‘limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o’tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki, unga tabiat «yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi. Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda, J.B.Seydan ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondashuvning ma‘nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat‘iy nazar bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi hisoblanadi. 4. Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo’lib, 1824- yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, ma‘rifatli bo’lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so’ng dastlab, Bonndagi, so’ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o’rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko’chib o’tdi. Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariya, falsafani chuqur o’rganishning boshlanish davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi. K.Marks 1845–1848-yillari Bryusselda bo’ldi. O’sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis ideologiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining ko’p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan ―Kapital‖ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to’rt jilddan iborat bo’lib, birinchi jildi 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlari Download 210.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling