A. Oripov kasblarning ichida eng sharaflisi


Download 240.57 Kb.
bet3/7
Sana14.02.2023
Hajmi240.57 Kb.
#1198130
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-мавзу

4-topshiriq. Ustozlarga bag‘ishlangan she’rni yod oling.
Ustozlar
Mehr nuri yog‘ar doim ko'zingizdan, ustozlar,
Yursam deyman bu tabarruk izingizdan, ustozlar.
Chin insonlik kitobiga bahtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so‘zingizdan. ustozlar.

Qalbingizning yo‘q g ‘ubori, mehribonsiz shunchalar,


Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz, charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o ‘g ‘lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o ‘qir o‘zingizdan,ustozlar.
Po‘lat Mo‘min.
GRAMMATIKA
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang

O`zaro va tarkiban bog`langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og`zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi .Matn tuzuvchi muayyan voqea –hodisa yoki narsa ,shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko`zda tutishi mumkin.
Matn qo`llanishiga ko`ra diologik va monologik matn turlariga bo`linadi.
Dialog sozlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashish jarayoni bo`lib , o`zaro savol –javoblardan iborat bo`ladi. Dialogik matn tarkibida so`roq olmoshlari,muomala odobiga oid so`z va iboralar, yuklamalar,undovlar, kirish so`zlar keng qo`llaniladi.
Monolog yunoncha monosbir necha va logos-– nutq so`zlaridan olingan bo`lib , bir shaxsning bo`lanishli nutqini bildiradi . Monolog o`z xususiyatiga ko`ra 2 xil bo`ladi.So`zlovchining to`g`ridan to`g`ri boshqalarga qaratilgan nutqi ochiq shakldagi monolog yoki tashqi monolog deyiladi. Monolog insonning ichki nutqi ,ya’ni o`z-o`zi bilan so`zlashuvi tarzida bo`lsa,yopiq shakldagi monolog yoki ichki monolog deyiladi .Monologlar badiiy asarlarda ko`p uchraydi.

Download 240.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling