A. Oripov kasblarning ichida eng sharaflisi


Mavzuni o‘rganishda quyidagi so‘z va so‘z birikmalariga e’tibor qarating


Download 240.57 Kb.
bet2/7
Sana14.02.2023
Hajmi240.57 Kb.
#1198130
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-мавзу

Mavzuni o‘rganishda quyidagi so‘z va so‘z birikmalariga e’tibor qarating:

Advokat, duradgor, diplomat, hamshira, haydovchi, hisobchi, hunar, iqtisodchi, kasb, kasb etikasi, mas’uliyat, muhandis, menejer, nanotexnolog, pedagog, sartarosh, tikuvchi, sha’ni, obyekt, shifokor
2- topshiriq. Matnni o`qing va mazmunini ijodiy so`zlab bering .
Ustoz maktabi
Ustoz! Shu birgina so‘z zamirida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. O'qituvchi-sofdil, kamtarin. ma’naviy boy, axloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki
ustozlar butun kuchlarini, aql idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.
Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu yomonni tanitib, qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib, “Ota”, “Ona”, “Vatan”, “Ezgulik”, “Baxt”, “Saodat” kabi so‘zlami yozishga o ‘rgatgan buyuk zotlardir.
Dunyodagi eng ulug‘, eng buyuk va eng mashaqqatli kasb muallimlik kasbidir. Bu kasb egalari esa dunyodagi eng ulug‘, eng buyuk insonlardir. Ular kelajak avlodni mashaqqat ila tarbiyalaydilar, ta’lim beradilar.Yosh avlodni ta'lim-tarbiyasi eng nozik masala. Bu kasbning mashaqqati ham, mas’uliyati ham shunda. Hayotning o‘nqir- cho‘ nqir, egri-bugri yo‘llaridan ezgulik tomon yo'llaydigan bu muallimdir. Muallimning ta’lim-tarbiyasi, nasihat-u saboqlari ila har qanday qiyinchilikdan osongina o'tib olish mumkin. Muallim saboqlari hayotimizda qiyinchiliklarga chidash va ularni yengishga, sabr-toqatli, metin irodali, pok vijdonli va boshqa ulug‘ fazilatlarga ega bo'lishga yordam beradi. Aziz-u mukarram ustoz va murabbiylarimizning bizdan umidi katta. Biz bu e ’tiborni, ishonchni suiste’mol qilmasligimiz, ularni doimo qadrlashimiz lozim. Ularning ishonchini oqlash - eng oliy burchimizdir.
3- topshiriq. Mening ibratli ustozim mavzusida so‘zlab bering.
Sizga ta ’lim bergan va berayotgan ustozlaringiz orasida o ‘z nutqini ko'rkam yuz ifodalari hamda xatti-harakatlar bilan qo‘shib namoyon etuvchilar bormi? Ularning sizga yoqqan tomonlarini so‘zlab bering.

Download 240.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling