A. Qahhor " Sarob"


Download 22.39 Kb.
Sana24.09.2023
Hajmi22.39 Kb.
#1687289
Bog'liq
S1


Teng tarkibli qo'shma gaplar [ WPm , WPm ] = QG lisoniy sintaktik qolipi asosida yuzaga keladi .[ WPm , WPm ] qurilmali qo'shma gaplar kesimlarning har biri mustaqil shakllangan bo'lib , ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin .
Misol : Saidiy o'qiganda Munisxonning har zamon tovushi chiqib turguvchi edi , bir soatdan ortiq uning tovushi chiqmagani Saidiyni shubhaga soldi .
A.Qahhor " Sarob"
[WPm , WPm ] bu mustaqil sodda gap sifatida qo'llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma'lum bir bog'lovchi vositalar bilan o'zaro bog'lanishi va bitta tugal ohangga , bitta gap to'xtamiga ega bo'lishidir .
Tobe tarkibli qo'shma gaplar [ WPm -> WPm] = QG lisoniy sintaktik qolipi asosida shakllanadi. [WPm ->WPm] qirilmali qo'ahma gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo'lsa-da , birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH ) bo'la olmaydi . U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo'lib , o'z mazmunini namoyon qilish uchun o'zidan keyin mustaqil holda namoyon bo'la oladigan voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo'lishini taqozo qiladi . Boshqacha aytganda , bu tipij ko'rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan , keyingisi MK Sh bilan shakllangan bo'ladi .
1. Firuza toshli uzukni olar ekan , Saidaxonning ko'zlari quvonchdan yaltirab ketdi .( S.Ahmad )
2. Ra'no guruchni endi tuzlagan ham ediki , ichkaridan Anvar chiqib ketdi.
Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo'llana olmaydi , qo'llanganda ham ushbu qo'shma gap tarkibidagi ma'nolarni bera olmaydi . Keyin turgan sodda gaplar esa bunday emas.
Mutanosib bog'lanishli qo'shma gaplar QGlarning lisoniy qurilishiga ko'ra tasnifida [WPm <-> WPm ] = QG qolipi asosida yuzaga keladigan qo'shma gapning turi sifatida ajraladi . [WPm<-> WPm ] qurilmali qo'shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar kesimlarining biri ikkinchisini , ikkinchisi birinchisini taqozo qiladi . Ikkalasining ham kesimi NKSH hisoblanadi . Boshqacha aytganda , bu sodda gaplar qo'shma gapdan anglashilgan mazmunni ifodalash uchun bir-biriga ehtiyoj sezadi .
1. O'zi so'rasa ekan , men aytsam .(P.Tursun.)
2. Agar suv bo'lsami , hosilga hosil qo'shiladi .(Sh.Rashidov )
[WPm <-> WPm ] qurilmali qo'ahma gaplarming kesimlarini shakllantiruvchi vositalar kam miqdorni tashkil etadi :

a ) birinchi qismda -sa , ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shakli keladi : Oyi, havo ochilib ketsa , boshqa daryo bo'yiga borar edik .



b ) birinchi gap kesimida -sa ekan, ikkinchi gap kesimida -sa shakli keladi : Otam bo'lsa ekan , men endi yursam .
Download 22.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling