A.Qodiriy nomidagi JDPI “Ta’limda axborot texnologiyalari” yo’nalishi 1-bosqich magistratura talabasi Jo’rayev Islombekning 2021-2022-o‘quv yili uchun kalendar ish rejasi yuzasidan 2021 yil noyabr oyida bajargan ishlari bo‘yicha
HISOBOTI
“Ta’limda axborot texnologiyalari” yo’nalishi magistratura va bakalavr darajalari o‘quv rejasi bilan tanishildi. O‘quv rejadagi mutaxassislik fanlari va ularning ishchi dasturlari, maqsad va vazifalari bo‘yicha tanishdik. Kafedra mudiri R.Yusupov tadqiqot mavzusini tanlash va tanlangan mavzuni o‘rganilganlik darajasi, tanlangan mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan bilimlar, ma’lumotlar, axborot resurslari, kutubxona fondlari, internet va ekektron resurslari bilan tanishtirdi. Hozirgi davrda oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonida yuqori bilim olish, yangi texnologiyalardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlab olish uning tadqiqot ob’ektini, predmetini, o‘rganilganlik darajasi ilmiy yangiligini aniqlashga oid izlanishlar olib bordik. Jizzax davlat pedagogika instituti axborot resurs markazi, Jizzax viloyat kutubxonasi fondlari, elektron resurslar bilan tanishib chiqdik.
Magistrant: Jo’rayev I.
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Ta’limda axborot texnologiyalari” yo’nalishi 1-bosqich magistratura talabasi Jo’rayev Islombekning 2021-2022-o‘quv yili uchun kalendar ish rejasi yuzasidan 2021 yil dekabr oyida bajargan ishlari bo‘yicha
XISOBOT
2021 yil dekabr oyida magistrlik dissertatsiya mavzusi uchun muqobil tanlov sifatida “Informatika va axborot texnalogiyalarini fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarda umummadaniy tayanch shaxsiy kampitensiyani shakillantirish metodi” mavzusini tanlashga qaror qildim. Kalendar ish rejaga muvofiq holda ushbu oyda belgilangan o‘quv metodik, ilmiy tadqiqot bo‘limlari yuzasidan ish olib bordim. Jumladan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani orqali magistrlik dissertatsiyasi yozilish tartibi, qonun qoidalari, baholash mezonlari, magistrlik dissertatsiya nizomi haqida ma’lumotlarni bilan tanishib chiqdik.
Dissertatsiya mavzusiga doir bajarilgan ilmiy ishlarni to‘plab, ularni ilmiy rahbarim
Do'stlaringiz bilan baham: |