A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va Informatika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi ta’limi yo‘nalishi 421-19-guruh talabalariga Informatikani o’qitish texnologiyalari va
Download 38 Kb.
|
Ochiq dars 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- K U N T A R T I B I
- QAROR QILADI
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va Informatika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi ta’limi yo‘nalishi 421-19-guruh talabalariga “Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanidan tashkil etilgan «Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organeyzerlar va strategiyalar yaratish» mavzusidagi o‘tkazilgan ochiq dars B A YO N N O M A S I № 16 10.10.2022 y. Qatnashdilar:R.Yusupov-informatika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri, informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari K U N T A R T I B I: Matematika va informatika fakulteti Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi U.Xonimqulovning 2022 yil 10-oktyabr kuni 3 juftlikdagi Matematika va informatika fakulteti, Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 421-19-guruh talabalariga “Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanidan “Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organeyzerlar va strategiyalar yaratish”mavzusidagi o‘tkazilgan ochiq darsi haqida. Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti D.B.Botirov so‘zga chiqib, “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining o‘qituvchisi U.Xonimqulov fakultetda 421-19- guruh talabalari uchun “Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalash fani bo‘yicha « Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organeyzerlar va strategiyalar yaratish » mavzusidagi dars mashg‘uloti tahlil etilganda, o‘qituvchining nutq malakasi, texnikasi va yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalana olish qobiliyatlarini ko‘rsata oliganligini yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etib, ushbu ochiq dars namunali tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi. Eshitildi: ushbu muhokama yuzasidan kafedra o’qituvchisi U.Mamatqulova so‘zga chiqib, U.Xonimqulov darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligini, dars mashg‘ulotlarini pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etganligini, darsda ijodiy yondoshishni, o‘tiladigan dars mavzusining maqsadi va vazifalarini tinglovchilar ongiga izchillik bilan uzviy bog‘liqlikda bayon qilganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, darsni uslubiy-texnik jixatdan samarali tashkil etganligini va darsda barcha tinglovchilarni fikrlarini bir joyga jalb etganligini aytib o‘tdi. Shuningdek so‘zga chiqqan kafedra professor-o‘qituvchilaridan , F.Raxmonqulovlar mavzuning dolzarbligini, o‘qituvchining dars o‘tish mahorati va madaniyati talabga to‘liq javob berishini, ma’ruzachining nutqi ravonligini aytib, ushbu ochiq dars namunali darajada tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdilar. Bundan tashqari so‘zga kafedraning katta o’qituvchisi (Phd) A.E.Begbo’tayev hozirgi kunda dars taqdimotlar yaratish texnologiyalarini o‘rganishda muammolar va ularni echimlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turishini, dars mashg‘ulotida elektron darsliklar yaratish texnologiyalarining dasturiy, pedagogik-psixologik asoslarini ochib berilishi hamda amaliy mashgulotning texnologik xaritasi mavjudligini, mavzu buyicha na’munaviy elektron darsliklar, taqdimotlar (slaydlar), tarqatma materiallar namoyish qilinganligi biz tinglovchilar uchun ham amaliy va metodik yordam deb hisoblaymiz, ushbu dars mashg‘uloti yaxshi tashkil etilganligini e’tirof etamiz. Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalar asosida yig‘ilish QAROR QILADI Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi U.Xonimqulovning Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 421-19-guruh talabalariga “Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanidan “Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organeyzerlar va strategiyalar yaratish”mavzusidagi o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti na’munali deb topilsin. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish kafedra mudiri dots.R.Yusupov zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish raisi: dots. R.Yusupov Kotibi: U.Mamatqulova Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling