A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


II BOB BIOLOGIYA FANIDAN UMUMIY O’RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI


Download 463.61 Kb.
bet5/13
Sana13.02.2023
Hajmi463.61 Kb.
#1192547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Gulnigor Loyihalash kurs ishix

II BOB BIOLOGIYA FANIDAN UMUMIY O’RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI.
2.1 Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari
1997-1998 yillarda umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning taj-riba sinov maydonchalarida sinovdan o’tkazildi. O’qituvchilar, metodistlar, xalq ta’limi xodimlarining keng muhokamasidan o’tgandan so’ng umumiy o’rta ta’lim, davlat ta’lim standari hamda barcha o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va biologyaya o’quv dasturi “Ta’lim taraqqiyoti” jurnalining 1999-yil 3-mart sonida ko’p nusxada nashr qilinib, Respublikaning barcha maktablari, xalq ta’limi bo’limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o’quvchilarga ma’lum qilindi.
Standart so’z inglizcha bo’lib, nusxa, o’lcham, me’yor degan ma’nolarni anglatadi.
“Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir” deb belgilab qo’yilgan.
Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy hujjatdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan DTS o’quv fani bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va mala-kalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
Biologiya ta’limi standartidagi “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlar-ni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi prinsiplar asos qilib olingan:
1.DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
2. O’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
3. Umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
4.Umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
5. Ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
6. Umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
7 O’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy karashlar bilan “Ta’lim to’grisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizom-lar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.

Download 463.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling