A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


V. AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#186240
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
4146-Текст статьи-14369-1-10-20201031 (2)

V. AMALIYOTCHI-TALABALARNING HUQUQLARI 

 

Pedagogik  amaliyot  vazirlik  tomonidan  tasdiqlangan  o‘quv  rejasiga  asosan 

ma’lum  bir  vaqt  bo‘yicha  tashkil  etiladi.  Amaliyotga  chiqqan  talabalar  pedagogik 

amaliyot ko‘rsatma va dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat’iy amal qiladi. 

Har  bir  amaliyotchi  pedagogik  amaliyotni  belgilangan  muddatda  o‘tashi  lozim. 

Agar  talaba  pedagogik  amaliyot  talabi  va  intizomiga  roya  etmay  ikki  kun  sababsiz 

qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o‘z hisobotini oliy 

ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan hay’at oldida himoya qiladi. Amaliyot natijasi 

kursni  tugatishda  va  bitiruv  davlat  attestatsiyasi  himoyasiga  kirishda  albatta  hisobga 

olinadi.  Amaliyot  dasturini  bajarmagan,  ish  haqida  qaniqarsiz  taqriz  yoki  hisobot 

himoyasida qaniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan o‘tadi. Aks holda talabalar 

safidan chiqariladi. Maktabdagi amaliyotchi-talabalar ichidan guruh sardori belgilanadi 

va  u  guruh  amaliyotchilarining  davomatini  ta’minlaydi,  ularga  bo‘ladigan  tadbirlarni, 

amaliyot  davomidagi  qo‘shimcha  ma’lumotlarni  etkazib  turadi.  Amaliyotchi  o‘ziga 

noaniq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga 

murojaat  qilish  huquqiga  egadir.  O‘quv-tarbiya  ishlari  samaradorligini  oshirishga 

qaratilgan  taklif va mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. SHuningdek, o‘quv 

dargohida o‘tadigan majlis, anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs 

markazi va kabinetlardan unumli foydalana olish huquqlari ham beriladi. 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling