A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Akademik litsey hamda professional ta’limda
Download 54.75 Kb.
|
Jasur kurs33333 (2)
2.2.Akademik litsey hamda professional ta’limda jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshirilmoqda. Kollejlarda esa kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida o‘quv jarayonlari va kadrlar tayyorlash ishlari yo‘lga qoyilgan. Shuningdek, texnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo`lib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ko`rish toʻgʻrisida” va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlarning ijrosini ta`minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federatsiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiasiyasi” tashkil etildi. Bugungi kunda ta’lim tizimida, xususan, umumiy oʻrta ta’lim, professional va oliy ta’lim bosqichlarida jismoniy tarbiya va sport ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori asosida amalga oshirilmoqda. “Barkamol avlod” sport musobaqasi kasb-hunar kollejlarining 17-20 yoshdagi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda ham yuqoridagi kabi to‘rt bosqich bo‘lib, oylar kesimida emas, yil davomida bosqichma-bosqich har bir kursning sport turlari bo‘yicha jamoalari shakllantiriladi va hududiy bosqichlardan g‘olib bo‘lganlar terma jamoa sifatida viloyatda bellashadi, g‘olib bo‘lganlar respublika bosqichining finalida ishtirok etadi. O‘rta maxsus, kasb hunar texnikomlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya vositalari orasida jismoniy mashqlar ancha katta o‘rin tutadi. Jismoniy mashqlar gavdaning yirik muskullari (orka, yelka kamari, qorin bo‘shlig‘i)ning o‘sishi, organizmning yurak sistemasi va nafas olish organlari faoliyatining yaxshilanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Tinchgina o‘tirib ishlashda barcha mayda qon tomirlari ham harakatga kelavermaydi, natijada gavdaning ayrim qismlari qon bilan yomon ta’minlanadi va o‘sishdan to‘xtaydi. Jismoniy mashqlar nerv sistemasi faoliyatiga ham, jumladan, bosh miya qobig‘idan harakatlantiruvchi uchastkaga ham ta’sir etadi, natijada, harakatlarning bir-biriga uyg‘unligi, aniqlik yaxshilanadi, kerakli kuch va ritm hosil qilinadi. O’quvchi ana shunday ta’sirlar natijasida jismoniy mehnat mashg‘ulotlari uchun ham juda muhim bo‘lgan, tuzilishi jihatdan murakkab harakatlarni osongina o’zlashtiradi. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari dasturidagi asosiy sport turlaridan – gimnastika o’quvchilarini jismoniy jihatdan tarbiyalash sistemasida asosiy vositalardan biridir. Gimnastika quyidagi turlarga ajratiladi: a) asosiy gimnastika va uning turi – gigiyena gimnastikasi; b) sport gimnastikasi va uning turlari – akrobatika va badiiy gimnastika; v) qo‘shimcha gimnastika (davolash gimnastikasi, mashgulotlar boshlangunga qadar o‘tkaziladigan gimnastika, fizkult-minutlar, jismoniy mashqlar va tanaffus vaqtidagi o‘yinlar) tashkil etadi. Download 54.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling