A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 54.75 Kb.
bet1/7
Sana19.12.2022
Hajmi54.75 Kb.
#1033568
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jasur kurs33333 (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN

KURS ISHI
O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi”

Bajardi: 915-20-guruh talabasi J.Janzaqov.
Ilmiy rahbar: M.Xosilmuradov.

Jizzax – 2022

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I.BOB. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari………………………………………………………………… ….7
1.1.Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi ….………………………......7
1.2. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimining bo’g’inlari ……….……….11
II.BOB. Yangi O’zbekistonda Jismoniy tarbiya tizimining o’ziga xos xususiyatlari………………………………………………………………….....14
2.1. Maktabgacha ta’lim hamda umumiy o`rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni...........................................................................14
2.2. Akademik litsey hamda professional ta’limda jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni………..…………………………………………………………….19
XULOSA……………………………………………………….………………...22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….23


KIRISH
Mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jadal sur'atlar bilan borayotgan hozirgi davrda yoshlarni ma'naviy, jismoniy, axloqiy jihatdan kamolotga yetkazish jamiyatimizda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish muammosi hozirgi kunda O‘zbekiston ta'lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Sog‘lom turmush madaniyati qadriyatlarini shakllantirishning ahamiyati aholi salomatligini saqlash va oshirish hamda ularning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligini oshirish zaruriyati bilan belgilanadi. Sihat-salomatlik, jismoniy ishlay olish qobiliyati shaxsning ijodiy salohiyatini ochib berish, uning kasbiy o‘z-o‘zini namoyon qilishining sharti va asosidir.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligidan keyin barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko’p qirrali muommosining muhim yo’nalishi har bir kishida o’z sog’lig’i to’g’risida o’zi
qayg’urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha
muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb hunar ta’lim tizimi, oliy ta’lim, mahalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g’ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo’lgan muhabbatni singdirib qo’yishlari darkor.
Yaqin o'tkan yillarda mobaynida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jismoniy tarbiya va sport sohasiga ayniqsa o’quvchilar jismoniy madaniyatini rivojlantirishga bo’lgan yondashuvlar, qarashlar fikrimiz isbotidir. Bu borada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son farmoni, “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori hamda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-sonli qarori va “2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 13-fevraldagi 118-son qarori boshqa sohaga oid qaror va farmonlar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish, aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish, aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish va boshqa dolzarb masalalar belgilab berilgan.
Sohaga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmunidan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda barcha sohalardagi kabi jismoniy madaniyat va sportda ham demokratik yondoshuv va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan g‘oyalar ilgari surilgan. Jismoniy madaniyatni aholi turmush tarziga singdirib borishda ta'lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson o`zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib etishi va qunt bilan o`ziga yoqqan ma`lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Yosh avlodning jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo`lgan jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya dasturining milliylashtirilishi, futbol, tennis kabi sport turlari bilan bir qatorda milliy kurash va milliy o‘yinlarning o‘quv dasturiga kiritilishi bu sohaga yangicha e’tibor berishga majbur etadi. Bu oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, ushbu kadrlarning hozirgi kun talablariga javob beradigan bo‘lib yetishishlari uchun kasb va malaka ko‘nikmalarini puxta egallashlarini talab etadi.
Shu maqsadda oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti talabalari uchun sport turlari va maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hozirgi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy rivojlanishda jismoniy tayyorgarligida va salomatlik darajasida sezilarli salbiy o’zgarishlar sodir bo’layotganligi munosabati bilan sog’lom, jismoniy jixatdan sog’ligi mustaxkam yoshlarni tayyorlash muommosi aloxida muxim ahamiyat kasb emoqda.Bu muommo maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa ko’proq ta’luqlidir.
O’zbekiston Respublikasida bir milliondan ziyod maktabgacha yoshdagi bolalar
jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlariga jalb qilinmagan, maktablar , professional ta’lim yurtlari, akademik litsey o’quvchilarning faqat beshdan bir qismigina darsdan tashqari vaqtlarda jismoniy mashqlar bilan shug’illanadi. O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida bu ko’rsatkich yana ham pastroq. Mehnatga layoqatli aholining 5% dan kamrok qismi muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb qilingan.
Jismoniy tarbiya va sport soxasidagi ishlarning axvoli xalq salomatligining axvolida huddi ko’zgudagidek o’z aksini topadi. 50% bolalarda salbiy alomatlar mavjud bolib, ularning sog’lig’iga ta’sir ko’rsatganligi , tug’ma kasal bilan dunyoga kelib nogiron bolalar soni ortib borayotganligi buning yaqqol misolidir.
Onalar kasal bolasini boqish tufayli ishga chiqolmayotgan kunlari bir yilda 6.5 mln kunga yetmoqda. Maktablarda va o’quv yurtlarda tegishli shart-sharoitlar sport bazasi, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va boshqalar yetishmayotganligi tufayli
jismoniy tarbiya soxasida tavsiya etilayotgan tartibga rioya qilinmayotir. 6-15
yoshdagi bolalarning bor yo’g’i 5.4% bolalar sport maktablari tarmog’iga jalb qilingan, xolos. Armiya safiga chaqirilgan har ikki yigitning biri harbiy soxadagi jismoniy tayyorgarlik talablariga javob bermaydi. Vaqtincha ishga layoqatsizlik tufayli ish vaqtining yo’qotilish darajasi xamon yuqoridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bu uzoq muddat davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, u bolaning jismoniy, ruhiy va axloqiy - irodaviy kuchlarini to’la jalb qilishni talab kiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning to’g ’ri jismoniy tarbiyasi bu davlat va jamoat tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
O’z ichiga yetarli darajada xilma- xil uslubiy materiallarni to’la qamrab olgan o’quv qo’llanmalari va darsliklarning yo’qligi maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aniq maqsadni ko’zlagan yo’nalish bo’yicha jismoniy tarbiya berish ishlarni qiyinlashtiradi.

Download 54.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling