4-bosqich 019-86-guruh talabasi Ashurov Azizbek “informatika o’qitish metodikasi ” fanidan «10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o`quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi»
Download 0.97 Mb.
|
Azizbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI 4-bosqich 019-86-guruh talabasi Ashurov Azizbek “INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI ” fanidan «10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o`quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi » mavzusida KURS ISHI Bajardi: Ashurov.A Qabul qildi: _________ Qarshi – 2023 M U N D A R I J A KIRISHI BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning maqsadi va vazifalari. Fanning elektron o’quv-metodik majmuasini yaratish bo‘yicha talablar Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning nazariy- metodik asoslari II BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN ELEKTRON O‘QUV USLUBIY MAJMUA ISHLAB CHIQISH VA UNDAN FOYDALANISH METODIKASIInformatika va axborot texnologiyalari fanidan nazariy-metodik majmua yaratish bosqichlari va tamoyillari. Elektron o’quv uslubiy majmualar yaratishning dasturiy vositalari. 10-sinf "Informatika va AT" fanini o'rgatuvchi elektron o’quv uslubiy qo`llanma va undan foydalanish XULOSA VA TAVSIYLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.KIRISH O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasini etarli darajada rivojlantirishga erishish, yuqori malakali pedagog-kadrlarga bo’lgan ehtiyojni kamaytirish, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallar tanqisligini kamaytirish, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadorlikni rivojlantirish orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo’qotishga alohida e’tabor berilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm- fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, komp’yuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan. Bu manbalarning echimini topish axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, axborot texnologiyalarining dunyo miqyosida tutgan o’rniga nazar soladigan bo’lsak, bugungi kunda ko‘plab davlatlar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ni iqtisodiy-ijtimoiy sohalarga, xususan, ta’lim jarayoniga joriy etishdagi eng dolzarb muammoga, u ham bo‘lsa fan o‘qituvchilarining AKT-savodxonligi, fanlarni o‘qitishda AKT vosita va metodlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tayyorgarligi muammosiga duch kelmoqdalar. Mamlakatimizda ham mazkur muammoga jiddiy e’tibor qaratildi. Chunki hozirgi davrda, jamiyatdagi jadal rivojlanish, o‘zgarishlar bilan bir qatorda, ta’lim tizimida yangilanishlar yuzaga kelmoqda. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling