A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta


Download 405.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana12.03.2023
Hajmi405.3 Kb.
#1261897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish.

Kurs ishi metodlari:pedagogik tahlil, tarixiy-qiyosiy tahlil; pedagogik 
kuzatuv; tajribalarni o’rganish va umumlashtirish; anketa so’rovlari, savol-javob, 
suhbat; yangi pedagogik texnologiyalar 
Kurs ishning amaliy ahamiyati: 
-maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish dolzarb 
pedagogik muammo sifatida ilmiy - nazariy jihatdan asoslanadi; 


-maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar yoshini hisobga olgan holda, 
ularga beriladigan tabiat haqidagi bilimlar mazmuni boyitildi va kengaytiriladi; 
-maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning 
shakllari, metodlari, vositalari belgilab berildi va pedagogik shart-sharoitlari 
aniqlanadi; 
-maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishga 
yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning samaradorlik 
darajasi aniqlanadi. 
Kurs ishning tarkibiy tuzilishi.Kurs ish kirish,ikkita bob,4ta paragraf, 
umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan 
iborat. 


I BOB. BOLALARNI TABIAT BILAN TANIShTIRIShNING ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan 
tanishtirishning metodologik asoslari 
Ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyasining 
nomukammalligi, tabiatga nisbatan iste’molchilik an’analari - bularning barchasi 
jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh 
sababidir. 
Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish kuchi shu darajaga borib etdiki, natijada 
ular o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikka putur etib, tabiiy muvozanatning buzilishiga 
olib keldi. 
Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati 
bilan tabiiy zaxiralardan xo’jalik maqsadlarida tobora ko’proq foydalanilmoqda. 
Buning ustiga dunyo aholisi yildan-yilga o’sib borib, ko’proq miqdorda oziq-
ovqat, yoqilg’i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab 
qilinmoqda
4

Fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlari insonlar uchun juda katta 
qulayliklar, imkoniyatlar yaratishi bilan birga tabiatga nisbatan nihoyatda salbiy 
ta’sir ko’rsatmoqda. 
I.A.Karimov ekologik muammolarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan, 
birinchi muammo - erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan 
bog’liq xavfning to’xtovsiz ortib borayotganini ta’kidlaydi. Ikkinchi muammo 
sifatida suv zaxiralarining, ya’ni er usti va er osti suvlarining keskin taqchilligi 
hamda ifloslanganligi bilan bog’liq ekanligini ko’rsatib o’tadi. Uchinchidan, Orol 
dengizi fojiasi bilan bog’liq muammolarga e’tiborni qaratadi va buni xalqaro 
miqyosda hal etish yo’llarini tushuntirib beradi. To’rtinchidan, havo bo’shlig’ining 
ifloslanishi hamda Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdidlarga 
to’xtalib, mazkur ekologik muammolarni hal etish yo’nalishlari, ya’ni ekologik 
4
Каrimov I.А. O‘zbekiston ХХI asr bo‘sag‘asida: хаvfsizlikka kafolotlari. – Т.: O‘zbekiston, 1997. – 328 b.tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot 


xavfsizlikni kuchaytirish yo’llarini belgilab beradiki, bularning barchasi ekologik 
muammolarni bartaraf etishning konsteptual asoslari bo’lib hisoblanadi
5

Tabiat boyliklari bo’lmish - yer, suv, havo nihoyatda ifloslangan, o’simlik va 
hayvonot olami ayrim turlarining mavjudligi xavf ostida qolgan.Shu sababli, atrof 
muhitni muhofaza qilish va uning zaxiralaridan oqilona foydalanish asosiy 
masaladir. 
Hozirgi paytda respublikada istiqbolga, ya’ni atrof muhitni muhofaza qilish 
va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo’yicha 2025-yilgacha mo’ljallangan 
Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza 
qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan. Dasturda 
respublikada ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, yirik shaharlar va shahar 
aglomerastiyalari kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo’llari 
belgilangan. 
Bolalarni har tomonlama rivojlantirish.Ularni barkamol qilib o’stirish 
tug’ilgan kunidan boshlab amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi 
islohatlarning bosh maqsadi aynan mana shunga yaratilgan.Ya’ni o’sib kelayotgan 
yosh avlod, mustaqil O’zbekistonimizning kelajagini,taraqqiyotini kafolatlaydi. 
Mana shu ustivor yo’nalishlardan kelib chiqqan qo’lda,bolalar bog’chalarida 
farzandlarimizga beriladigan qar qanday bilim, ularda Vatanga sadoqat o’z 
o’lkasini sevish,Vatan bilan gururlanish ruhini tarbiyalashi lozim.Shunday ekan 
tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat 
bo’lishi lozim; 
-bolalarni o’z o’lkasini sevishga o’rgatish, 
-tabiat bilan tanishtirish orqali bolalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, -
bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirish, 
-o’zining,tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadrlashga o’rgatish, 
-tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish (sezgilar,idrok,xotira,xayol, 
tasavvur,nutq,diqqat), 
5
Каrimov I.А. O‘zbekiston ХХI asr bo‘sag‘asida: хаvfsizlikka kafolotlari. – Т.: O‘zbekiston, 1997. – 328 b. tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot 


-bolalarning hissiyotini irodasini rivojlantirish, 
- tabiat in’om etgan ne’matlarni avaylab asrashga o’rgatish. 
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda,bolalarni har tomonlama 
tarbiyalashda 
tabiat 
orqali–aqliy,axloqiy,estetik,jismoniy,mehnat,ekologik, 
iqtisodiy tarbiya berish lozim. 
Mamlakatimiz Konstitustiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar"
6
,55-modda "YEr,yer 
osti boyliklari,suv,o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralar 
umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir
7
-deb ta’kidlanadi. 
Shuningdek,"Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
to’g’risida"gi 
O’zbekiston 
Respublikasi Qonunining tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish deb 
nomlangan 4-moddasida quyidagicha yoritilgan:"Tabiatni muhofaza qilish 
maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari,vazirliklar va 
idoralar,korxonalar,muassasalar,tashkilotlar,fermerlik va kooperativ xo’jaliklar, 
shuningdek ayrim shaxslar xo’jalik boshqaruv hamda boshqa faoliyatini amalga 
oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: … barcha turdagi 
ta’lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligi"8. 
Shuningdek,"O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi" da ham 
Tabiatni muhofaza qilish qonuni talablarini buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
nisbatan jazo choralarini ko’rish maqsadida Ekologiya sohasidagi jinoyatlar 
bo’limining, Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi 
jinoyatlar nomli XIV bobining 193-204-moddalarida tasdiqlangan va amalda 
qo’llanilmoqda. 
Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar sohasida ekologik muammolar 
paydo bo’ladigan yo’nalishlarni aniqlash muhim pedagogik va psixologik 
muammo hisoblanadi.Bu muammo-insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlari 
(maqsadsiz,shaxsiy qiziqish,atrof muhitga nisbatan loqaydlik,ma’lum bir maqsadga 
6
O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
o'n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan – T.: O'zbekiston, 2003. – 36 b. 
7
O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
o'n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan – T.: O'zbekiston, 2003. – 36 b. 


yo’naltirilgan,iste’molchilik,ehtiyotkorona,faol-ijodiy) 
xususiyatini 
paydo 
qiladi.Bunday baholashga zarurat tabiiy omilning inson va jamiyat uchun muhim 
insoniy qadriyat ekanligidan hosil bo’ladi.Jamiyat a’zolarining farovonligi va 
huzur-halovati atrof muhit holatiga bevosita bog’liq. 
Barcha yoshlar,maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar tabiat 
haqidagi bilim,madaniyat darajasini egallagan bo’lishi zarur.Eng muhimi ularda 
quyidagi tasavvurlar shakllanishi lozim: 

atrof muhitning mohiyati nimada?; 

tabiat insoniyat uchun yashash joyi-hayot beshigi; 

tabiat - inson tirikchiligi manbai; 

yashash maydonchasi, oxirati uchun makon; 

tabiat inson uchun g’amxo’r ona; 

tabiat inson uchun tajriba maydoni; 

tabiat boyliklariga ehtiyotkorona yondashuv; 

hayot zaxiralariga ongli va mas’uliyatli munosabatda bo’lish; 

atrof tabiiy muhitni qo’riqlash; 

atrof muhit (suv, havo, tuproq) ni iflos qilmasdan yashash; 

tabiat go’zalligini sevish, avaylash va uni uyg’unlikda rivojlantirish; 

biosfera, noosfera, yaqin koinot. 
Tabiatning rivoji tufayligina hayot, inson va jamiyatning paydo bo’lish 
imkoniyati tug’ildi. Tabiat va uning sof komponentlarisiz inson yashay olmaydi, 
shunday ekan, insoniyat tabiatni e’zozlashga majbur va mas’uldir.
8
Insonning tabiatga munosabati uning ekologik madaniyati bilan teng darajada 
qaraladi. Bu esa jamiyatni rivojlantirish, insonlar hayotini farovonlashtirish, tabiat 
boyligi va go’zalligini asrab-avaylash vazifalari bilan uyg’unlashadi, ya’ni: 
-fan-texnika taraqqiyoti va aholining talablariga asosan ishlab chiqarish 
kuchlarining o’sishi,tabiat zaxiralarining ilmiy-amaliy jihatlaridan oqilona 
foydalanish; 
8
Tabiat va bolalar. Chinor ENK, Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi. – T.: 1997. – 130 b. 


-barkamol shaxsni ekologik madaniyatining shakllanishi (madaniy, axloqiy, 
ilmiy-ma’rifiy va estetik jihatdan foydalanish uchun tabiatni asrash va 
yaxshilash)ga erishish; 
-yer sharida tirik mavjudotlarning yashab qolishi uchun havoning musaffoligi, 
tuproq va suv havzalarining sanitariya holatiga e’tibor qilish zarurligini tag’oza 
etadi. 
Bolalarning tabiat haqilagi bilimlarni rivojlantirish, ularda tabiatga nisbatan 
ijobiy tuyg’u,qarash va harakatlarning shakllanishini ko’zda tutadiki,ular 
mahalliy,milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib ketadi.Bolalarni 
tabiat haqidagi bilimlarini rivojlanishi tabiatni saqlab qolish, uning umrini 
uzaytirishning asosi bo’lib xizmat qiladi. 
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishdan iborat.Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli 
katta.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog’cha 
yoshidan boshlamoq 
kerak.Shunga ko’ra bolalar bog’chalarida murg’ak qalblarga ta’lim-tarbiya 
berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham 
bolalarning tabiat go’zalliklarini ko’ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan 
voqea-hodisalar haqida to’g’ri tushunchaga ega bo’lishi,qolaversa tabiat yaratgan 
boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo’lmog’i lozim. 
1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan 

Download 405.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling