A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti
Download 483.12 Kb.
|
Nodir diplom ishi
3-ta’rif. Agar funktsional element chiqishida ma’lum vaqtdan (taktdan) keyin uning kirishiga berilgan (0 yoki 1) signalning o’zi paydo bo’lsa, u holda bunday funktsional elementga ushlab turish elementi deb aytiladi (9-shakl).
Ushlab turish elementi funktsiyani realizatsiya etadigan funktsional elementdir, ya’ni uning chiqishida ma’lum vaqtdan keyin kirishiga berilgan signalning o’zi paydo bo’ladi. 9-shakl. Bundan keyin (agarda maxsus aytilgan bo’lmasa) hamma funktsonal elementlarni bir taktli, ya’ni elementning kirishiga signal berilgandan keyin uning chiqishida natijaviy signal paydo bo’lguncha bir takt vaqt o’tadi deb faraz qilamiz. 4-ta’rif. Agar sxemaning ta kirishlariga signallar majmuasini bergandan ma’lum taktdan keyin uning chiqishida funktsiyaning qiymati hosil bo’lsa, u holda sxema funktsiyani ushlab turish vaqti bilan realizatsiya etadi deb aytiladi. Bunday sxemani ushlab turish vaqti bilan funktsiyani realizatsiya etadigan funktsional element deb qarash mumkin. Mantiq algebrasining istalgan funktsiyasini realizatsiya etadigan sxema to’g’ri sxema deb aytiladi. Bir taktli funktsional elementlardan tuzilgan sxemani ko’ptaktli, oniy ravishda ishlaydigan funktsional elementlardan tuzilgan sxemani nultaktli sxema deb aytamiz. 1-izoh. Agar (birtaktli funktsional elementlardan tuzilgan) to’g’ri sxemadagi hamma funktsional elementlarni nulьtaktli deb faraz qilsak, u holda hosil bo’lgan nulьtaktli sxema ham ko’ptaktli sxema realizatsiya qiladigan funktsiyani realizatsiya qiladi. 2-izoh. funktsiyani realizatsiya etadigan to’g’ri sxemaning ushlab turish vaqti doimo sxemaning ketma-ket ulangan ichki funktsional elementlari soniga teng emas. Masalan, funktsional elementlardan (10-shakl) tuzilgan sxema (11-shakl), ketma-ket ulangan funktsional elementlarning soni ikkiga teng bo’lishiga qaramasdan, funktsiyani realizatsiya qiluvchi bir taktli sxemadir. 3-izoh. Konstantalarni (0 yoki 1) realizatsiya etadigan sxemalar yoki funktsional elementlarning hamma kirishlari soxta kirishlardir. Bunday sxemalarni nulьtaktli sxemalar deb aytish mumkin. Endi birtaktli funktsional elementlardan iborat sistemaning to’liqlik masalasini ko’rishga o’tamiz. 10-shakl. 1 11-shakl. Download 483.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling