A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti


Download 483.12 Kb.
bet2/14
Sana13.04.2023
Hajmi483.12 Kb.
#1352067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nodir diplom ishi

Xulosa………………………………………………………………..

3

Adabiyotlar rо‘yxati……………….….….…….…....…….………..

3

KIRISH
Tenglamalar matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u amaliy (tatbiqiy) masalalarni yechishning kuchli vositalaridan biridir. U tatbiqiy masalaning matematik modeli bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham sodda tenglamalarni yechish, turmushda uchrab turadigan ba’zi masalalarni yechishda tenglamalardan foydalana olish matematik madaniyatning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababali ham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kurslarida tenglamalar mavzusi uzviy o‘rganiladi. Bunda o‘quvchilar chiziqli, kvadrat tenglamalarni, ularga keltiriladigan tenglamalarni, ratsional tenglamalarni, sodda irratsional tenglamalarni, trigonometrik, ko‘rsatkichli, logarifmik tenglamalarni o‘rganadi. Aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylarda yuqori darajali algebraik tenglamalar o‘rganiladi. Bu tenglamalarni yechish usuli unda qatnashayotgan funksiyalarning xossalariga asoslangan algoritmik usulga keltiriladi, ya’ni tenglamalar standart ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo hayotning, amaliyotning rang-barangligi boshqa ko'rinishdagi, nostandart ko‘rinishdagi tenglamalarni yechishni ham taqoza etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ish ba’zi nostandart tenglamalarni yechish usullarini o'rganishga bag‘ishlangan.
Mavzuning ilmiyligi, maqsad va vazifasi hamda uning amaliy ahamiyati
Standart tenglamalar deb maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursidagi an’anaviy tenglamalarni tushunamiz. Bu tenglamalarni yechish algoritmlari ma’lum. Lekin ba’zi tenglamalarning ko'rinishi, yechish usullari standart tenglamalardan farq qiladi. Bunday tenglamalarni nostandart tenglamalar deb ataymiz. Nostandart tenglamalarni yechishning sun’iy usullarini izlash, unda qatnashayotgan funksiyalarning xossalaridan foydalanishga asoslangan usullarini o‘rganish muhim ilmiy-metodik masala hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiyligi shundan iboratki, bunda nostandart tenglamalarning yechimlarining mavjudligi yoki mavjud emasligi, uni topish usullari funksiyalarning xossalaridan foydalangan holda nazariy asoslanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi – nostandart tenglamalarni yechish usullarini o‘rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Nostandart tenglamlarni yechishda foydalanadigan funksiyaning xossalarini o‘rganish;
Nostandart tenglamlarni uni yechishda foydalanadigan funksiyaning xossalariga qarab klassifikatsiyalash;
Nostandart tenglamalarni funksiyaning sodda xossalaridan (aniqlanish sohasi, chegaralanganligi, funksiya grafigi va b.) foydalanib yechish usullarini o‘rganish;
Tenglamalarni funksiya hosilasidan foydalanib yechish usullarini o'rganish, ularni asoslash;
Parametr qatnashgan tenglamalarni yechishda hosiladan foydalanish usulini o‘rganish va asoslash;
Nostandart tenglamalarni yechishning klassik tengsizliklardan foydalanish usullarini o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Nostandart tenglamalar xilma-xil bo‘lgani singari, uni yechish usullari ham turlichadir. Nostandart tenglamalarni qaysidir ma’noda “standartlashdirish”, ya’ni ularni yechish usullari bo‘yicha klassifikatsiyalash, yechish usulini ilmiy asoslash matematikaning vazifalaridan biridir. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, bunda nostandart tenglamalar ma’lum turlarga klassifikatsiyalangan, ularni yechish usullari ko‘rsatilgan. Ushbu ishda olingan natijalar aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylarning matematika ta’limi jarayonida, matematikaga qiziquvchi o‘quvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirishda foydalanishi mumkin.

Download 483.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling