A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari
Download 158.01 Kb.
|
Kurs ishi.S.U
II BOB 4-sinfda she’riy asarlarni o’rganish yo’llari
2.1. 4-sinfda she’rlarni o’rganish metodikasi She’r - ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o’qitiladi. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. She’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. O’quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o’qiy oladi. She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo’llangan ish turlaridan foydalanish mumkin. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog’liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag’zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi. She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg’ulotga aylantiradi. Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o’qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o’quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta’sir etsin. So’ngra she’rni mustaqil o’qish topshiriladi. O’qish oddiy bo’lishi kerak. O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak. 4-sinf “O’qish kitobi” darsligidan o`zbek shoirlarining har xil mavzudagi she’rlari salmoqli o’rin egallagan. Jumladan, “Istiqlolim-istiqbolim” bo’limida Abdullar Oripovning “Iqboli buyuksan”, “O’zbekiston-vatanim manim” bo’limida Zafar Diyorning “Serquyosh o’lka”, Abdulla Oripovning “Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi”, M.A`zamovning “Mardlik va aql yorug`lik”,” Oltin kuz” bo’limida Sulaymon Rahmonning “Dehqon”, ”Kumush qish” bo`limida Qudrat Hikmatning “Qish to’zg’itar momiq par”, ”Nima yaxshi-yu nima yomon” bo’limida Muhammad Rahmonning “It-mushuk o’yini”, ”Kimning xati chiroyli”, G’afur G’ulomning “Ola buzoq”, Anvar Obidjonning “Jo’ja”, ”Zumrad bahor” bo’limida Qudrat Hikmatning “Bahor”, Habib Rahmatning “Jala darakchisi”, Mirtemirning “Tut”, ”Yashasin tinchlik, bor bo’lsin do’stlik” bo’limida Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men o’qigan she’r”, U.Abduazimovaning “Tinchlik nima”, “Ajdodlarimiz-faxrimiz” bo’limida T.Adashboyevning “Navoiy bobomlar”, “Yoz o’tadi soz” bo’limida Sh.Sa’dullaning “Yoz”, Qambar O’tayevning “Non qayerdan keladi?”, Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’rlari berilgan. Ma’lumki, she’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarni izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keldigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she’r tarzda yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o’qitiladi. 4-sinfda o’qitiladigan lirik she’rlarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ular o’quvchilarning his-tuyg’usiga kuchli ta’sir qiladi, estetik didini tarbiyalaydi, ularda vatanparvarlik, vatanga intilish va go’zallikka muhabbat hislarini uyg’otadi. Lirik she’rlar ifodali o’qish orqaligina tinglovchi qalbiga to’liq borib yetadi. Odatda, lirik she’rlarda shoirning ichki kechinmalari bilan birga tabiat ko’rinishi ham ifoda etiladi, shuning uchun she’rdagi peysaj tasvirini o’rganish ham alohida ahamiyatga egadir. Bundan maqsad tabiatdagi turli fasllar ko’rinishini inson qalbiga ta’sir etishini, Vatan tabiati va uning go’zalligidan ilhomlangan shoirning fikri va hissiyotini o’quvchilarga yetkazish hamda ularda emotsional kayfiyat uyg’otishdan iboratdir. Buning uchun o’rganiladigan asar mazmuniga qarab quyidagi metodik usullardan foydalanish mumkin: 1.Tabiat quchog’iga ekskursiya. 2.Rasm, kartinalarni namoyish etish. 3.Texnika vositalaridan foydalanish. 4.Ifodali O’qish. 5.Suhbat va boshqalar. 4-sinfda lirik she’rlar mazkur metodik usullar asosida o’rganilsa, lirik qahramonning kechinmasi, ruhiy kayfiyati o’quvchini hayajonlantiradi, chunki shoirning fikr tushunchasi, hissiyoti, hayajoni, ovozi she’riy nutq ritmikasidan ifodali o’qish orqali jaranglab sado berib turadi. Ekskursiya lirik she’rlarda ifoda etilgan peyzaj tasvirini puxta o’rganishga katta yordam beradi. Ekskursiya o’quvchilarni Vatan tabiatini kuzatishga, vatanimizning rang-barang go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. Kuz faslining ko’rkam latofati, uning tillarang manzarasi, qishning sehrgar xususiyati, orombaxsh bahorning go’zalligi, yoqimli shabadasi, yozning ajoyib husnjamoli, bog’-rog’lari, daryo va jilg’alari o’rtoqlari ularning hammasi ekskursiya orqali idrok etiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, tabiat manzarasi kishilarni va ularning mehnati bilan birga kuzatiladi va ularga alohida e’tibor beriladi. Bunday ekskursiya o’quvchilarda Vatan tabiatiga qizg’in muhabbat uyg’otadi, uni yanada yashnatishga intilish paydo qiladi. Tabiat bilan ana shunday yaqindan amaliy aloqa bog’lash o’quvchilar tasavvurini boyitadi, ifodali o’qish mashg’ulotlarining jonli o’tishi uchun yordam beradi. Xullas, lirik asarlardagi peyzaj tasviri qanchalik puxta, atroflicha analiz etilsa, bolalar ham uni shunchalik ta’sirchanlik bilan ifodali o’qiydilar. O’qituvchi analizni tamomlagandan so’ng, lirik she’rni yana bir martgina ifodali o’qib beradi. Shunday mashg’ulot o’tkazgan vaqtdagina lirik she’rni ideasi, badiiy xususiyatlari o’quvchilarga tushunarli bo’ladi. 4-sinf “O’qish va nutq o`stirish” dasturiga o’quvchilar Hamid Olimjon, Uyg’un, Zafar Diyor, A. Oripov, Qudrat Hikmat, T. Adashboyev kabi ko’plab yetuk shoirlarning qator lirik she’rlari o’rganiladi. Bunday she’rlar o’zining g’oyaviy-siyosiy va badiiy estetik yuksakligi bilan alohida ajralib turadi. Ularda Vatanimizning zavqiy va jozibador tabiati, husnkor fasllari, ko’rkam dalasi, qir-adirlari, bog’lari, tog’ va daryolari, sharbat to’la mevalari ana shu ajoyib vatan tabiati quchog’ida erkin, quvnoq va baxtiyor yashab ijodiy mehnat bilan tanishtirishda ular ongida kommunistik g’oyalar paydo qilishda muhim rol o’ynaydi. Demak, lirik she’rlar o’ynoqi, jarangdor, sermazmun, kishining his-tuyg’ulariga ta’sir etadi. “Qish” (Tursunboy Adashboev) she’rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o’qishdan oldin ham o’quvchilar bilan savol-javoblar o’tkaziladi. O’quvchilar barglari to’kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko’rar ekan, shu holatni ifodalagan “qor ko’rpasiga o’rangan yalang’och daraxt” yoki “sovuqda mudrayotgan daraxt” kabi iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o’quvchilarning lug’at boyligining oshishiga xizmat qiladi. She’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo, she’r mazmuni haqida o’quvchilarga ko’p savol berish tavsiya etilmaydi. O’quvchilar she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o’zi kifoya. Shuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning o’ziga xos fikrlari, his-tuyg’ulari, qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek, zamonamiz qahramonlari, o’zbek xalqi, Vatan himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi she’rlar mazmunini to’liqroq tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni o’qishga maxsus tayyorlaniladi: she’r mazmuniga asos bo’lgan tarixiy voqea haqida qisqacha so’zlab beriladi yoki suhbat o’tkaziladi.6 Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan ko’pgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali o’qish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi. She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik his-tuyg’u uyg’otadi. Kichik yoshdagi o’quvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan. Sodda ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab oladilar. Kichik yoshdagi o’quvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi o’rgatiladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qismga bo’ladi. O’quvchilarga har bir satr oxirida pauza (to’xtam) qilish, buning uchun satr oxirida tinish belgisi bo’lishi shart emasligi, ritmik to’xtamda ovozni nuqtadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi tushuntiriladi va bo’lingan qismlar navbati bilan yodlatiladi. Download 158.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling