A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Menejment tashkiliy tuzilmasining umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasiga monandligi
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
6.2. Menejment tashkiliy tuzilmasining umumta’lim maktabining rivojlanish strategiyasiga monandligi
Umumta’lim maktablari ish yurituv tashkiliy tuzilmasini strategik rivojlanish nuqtai nazaridan takomillashtirish maqsadida o‘rganib chiqilganda ularni an’anaiy va egiluvchan kabi menejment tuzilmalariga ajratish maqsadga muvofiqdir. Umumta’lim maktablari ish faoliyatida, odatda butun jamoa an’anaviy menejment tuzilmalariga o‘rgangan, ish sharoitlarga moslashgan bo‘ladi va shuning uchun ham o‘zgarmagan tashkiliy-huquqiy mulkchilik shakllarida barqaror tarzda o‘zini namoyon qiladi. Mazkur menejment tuzilmalaridan umumta’lim maktablari faoliyatida anchadan buyon bir xil tusda faoliyat yuritib kelayotgan va kelajakning mo‘ljalini olsa bo‘ladigan ta’lim segmentlarida faoliyat yuritadigan, shuningdek, o‘z ta’lim segmentiga ega bo‘lgan va ma’lum darajada moslashgan rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarida qo‘llash tavsiya etiladi. Umumta’lim maktablari ish faoliyatida an’anaviy tarzda qo‘llash mumkin bo‘lgan menejment tuzilmalaridan chiziqli, funktsional tuzilmalarni amaliyotda foydalanish uchun joriy etsa bo‘ladi. a) Chiziqli menejment tuzilmasi boshqaruv pog‘onasining barcha pillapoyalarida yakkahokimlik boshqaruvi bilan umumta’lim maktablari boshqaruv tuzilmasiga mos tushadi. Bunday tartibga solishda albatta tushuniladiki, umumta’lim maktablari boshqaruvining pastki, o‘rta va yuqori bo‘g‘inlari boshqaruvchilari faqat bitta raxbarga to‘liq bo‘ysunadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kichik o‘rta bo‘g‘in raxbarga bo‘ysunuvchilar ham o‘z navbatida faqat birinchi raxbarga bo‘ysunadilar. O‘rta bo‘g‘in raxbari, odatda, birinchi raxbar nomidan ish ko‘radi, aniqroq aytganda, eng kichik bo‘g‘in bo‘ysunuvchilari bilan birinchi raxbar o‘rtasidagi menejment tuzilmasi bo‘yicha vertikal holatda joylashgan tuzilmadir. Masalan, umumta’lim maktablarida direktor va uning o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mavjud (mazkur shtat birligi o‘quvchilar soniga qarab o‘zgarib turadi). Mazkur jarayonda ta’kidlash joizki, o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar menejment tuzilmasi bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri vertikal holatda pedagoglar va o‘quvchilar jamoasi bilan ishlaydi. Maktab direktori esa vertikal holatda avvalo, yuqorida nomlari zikr etilgan ikkita o‘rinbosar bilan, so‘ngra esa pedagoglar va o‘quvchilar jamoasi bilan ishlaydi. Bu yerda o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv jarayonini tartibga colish va boshqarish bilan bir paytda, pedagog xodimlarni ham boshqaradi, o‘z navbatida mazkur jarayonlar yuzasidan maktab direktoriga hisobot beradi. Maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mos ravishda umumta’lim matabining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ish jarayonini boshqaradi va tartibga soladi, mazkur jarayonga tegishli manaviy-marifiy tadbirlarni tashkillashtiradi, uni boshqaradi. Odatda, bunday holatda ikki toifadagi o‘rinbosarlar bir-birining funksiyalariga aralashmaydilar. Ya’ni, o‘zga funksiya bo‘yicha maktab pedagog xodimlariga buyruq bera olmaydi va ularning bajarilishini talab qila olmaydi, ko‘rsatma berish huquqiga ega emas.Pirovardida, harakat vertikali yuzaga keladi.Jarayon ko‘rinishi 6.1-rasmda keltirilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling