A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
1.Byudjetlashtirish. Ulug‘ vatan urushi davrigacha boʻlgan eng zo‘r yirik faoliyat yurituvchi subyektlar shakllangan davrda maxsus rejalashtirish faoliyatlari, ayniqsa, uzoq muddatli rejalashtirish shakllanmagan edi. Yirik faoliyat yurituvchi subyektlarning top-menejerlari muntazam ravishda o‘z tadbirkorliklarining siljitish rejalarini muhokama qilib oldindan belgilab olishgan, biroq ba’zi ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish, moliyaviy ish yuritish kabilar bilan bog‘liq rasmiy rejalashtirish turli maqsadlar uchun sarflangan xarajat moddalari bo‘yicha faqat yillik moliyaviy smetalarni, byudjetlarni tuzish bilan chegaralangan. Byudjetlar, ilk bor, har bir asosiy ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kabi faoliyat kompetentsiyalari (ilmiy-tadqiqot, marketing, kapital qurilish, ishlab chiqarish) nuqtai nazaridan tuziladi. Keyin, yirik faoliyat yurituvchi subyekt tarkibidagi alohida tarkibiy bo‘g‘inlar uchun (bo‘linmalar) ishlab chiqarish bo‘limlari, yirik zavodlar va boshqalar asos qilib olinadi. Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda shunga o‘xshash byudjetlar hamkorlik faoliyatga yo‘naltirilgan ichki resurslarni taqsimlash va joriy faoliyatni nazorat qilish va boshqarishning asosiy vositasi, shuningdek, negizi bo‘lib xizmat qiladi. Byudjet va fiskal metodologiyaning mohiyati shundaki faoliyat subyekti yopiq tizim sifatida qaralishi bilan ularning qisqa muddatli ekanligi va ichki muhit tabiatiga egaligidadir. Faqat fiskal usullardan foydalanganda boshqaruvchilarning asosiy tashvishi tezkor foyda va xarajatlar tarkibi hisoblanadi. Bunday ustuvorliklarni tanlash, tabiiyki, faoliyat yurituvchi subyektning uzoq muddatli strategik olg‘a siljishiga tahdid soladi, eng asosiy xavf-xatar bo‘lib xizmat qiladi.
2.Uzoq muddatli rejalashtirish. O‘tgan asrning 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida Amerika faoliyat yurituvchi subyektlari menejmenti uchun tavsifli vaziyatlar ishlab chiqarishning va sotishning (tovar bozorlarining) yuqori o‘sish sur’atlari va AQSh milliy iqtisodiyotining oldinga qarab siljish jarayonlarining oldindan ilmiy jihatdan chamalanishi (bashorati) edi. O‘z navbatida, payti kelib bu omil va jarayonlar ishlab chiqarish va sotish ko‘lamini kengaytirish zaruriyatini keltirib chiqardi va uzoq muddatli kelajak oid bo‘lgan rejalashtirishni jadallashtirish uchun zamin hozirladi. Usulning asosiy g‘oyasi faoliyat yurituvchi subyektning bir necha yillardagi sotuvlarini bashorat qilishdir. Shu bilan birga, tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi xususiyatlarining sekin o‘sishi tufayli uzoq muddatli rejalashtirish o‘tmishdagi faoliyat yurituvchi subyektning rivojlanish tendentsiyalarini ekstrapolyatsiya qilish asosida amalga oshirildi. Asosiy ko‘rsatkich - sotish bashorati bo‘lib, o‘tgan yillardagi sotishning ekstrapolyatsiyasiga asoslangan. So‘ngra, sotish, ya’ni savdo chamasida qayd qilingan nazorat omillari negizida ishlab chiqarish, savdo-sotiq, yetkazib berish bo‘yicha barcha kompetentsional dasturlar shakllandi. Oxir oqibat, barcha rejaviy dasturlar yirik faoliyat yurituvchi subyekti uchun bitta umumiy moliyaviy rejaviy dastur doirasida to‘planadi. Menejerlarning asosiy vazifasi faoliyat yurituvchi subyekt o‘sishini cheklovchi moliyaviy muammolarni aniqlash edi. Boshqacha qilib aytganda, faoliyat yuriytuvchi subyektning ichki resurslari yetarlimi yoki qarz mablag‘lariga murojaat qilish kerakmi? Mamlakatimizda “daromaddan rejalashtirish” usuli nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yondashuv iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish sharoitida keng qo‘llanilgan edi. Faoliyat yurituvchi subyektlar uchun asosiy me’zon bo‘lib, bozor iqtisodiyotidagi kabi sotish hajmi emas, balki yuqoridan berilgan ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, bunga erishish, odatda, cheklangan resurslar bilan kifoyalangan edi. Ushbu yondashuv bilan investitsiyalarning rentabelligini hisoblash va vaqt bo‘yicha xarajatlarni taqqoslash (diskontlash) keng qo‘llaniladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling