A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet41/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Asosiy xulosalar
1. Har bir pedagog va texnik xodimlar negizida umumta’lim maktabi inson resurslarining barchalarini, shu jumladan, doimiy va vaqtinchalik faoliyat yuritadiganlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik kadrlar ularning asosiy qismini tashkil qiladi, ammo, soatbaylar, shuningdek, tashqi o‘rindoshlar bundan istisnodir.
2. Umumta’lim maktabining har bir pedagog va texnik xodimlarini tasniflashda eng keng tarqalgan yondashuv barcha inson resurslarini uchta asosiy guruhga bo‘lishdir, ya’ni, ualr faoliyatida raxbarlar, pedagog xodimlar va texnik xodimlar ishtirok etadi.
3. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarini strategik boshqarishning asosiy maqsadi, umumta’lim maktabining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash va uni diversifikatsion tarzda rivojlantirishning strategik ko‘lamiga qarab borish va umumta’lim maktabining barcha inson resurslarining mehnat salohiyatini safarbar qilish va oqilona foydalanish orqali strategik vazifalarni bekamu-ko‘st amalga oshirishdir.
4. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarni strategik boshqarish jarayoni mazmun jihatidan quyidagi muammolarni hal qilishni o‘z ichiga oladi: umumta’lim maktabining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini bashoratlash va kadrlar ishini rejalashtirish; kadrlarni jalb qilish, tanlash va ishga joylashtirish mexanizmini shakllantirish; diversifikatsion soha bo‘yicha yangi ishga qabul qilingan innovator mutaxassislarni ko‘niktirish tartibini ishlab chiqish; rivojlanishni strategik boshqarish va kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarning samaradorligini baholash va ular faoliyatini maqbullashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Nazorat savollari
1. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlar deganda nima tushuniladi va “kadrlar” va “umumta’lim maktablarining inson resurslari yoki xodimlari” bir-birigan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
2. Umumta’lim maktablarining inson resurslariga qanday ta’riflash mumkin?
3. Umumta’lim maktablari faoliyatini strategik boshqarish bo‘yicha Amerika va Yaponiya boshqaruv modellari doirasida umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlarini strategik jihatdan boshqarish jarayoniga yondashuvlar bir-biridan qaysi jihati bilan tavofutlanadi?
4. Umumta’lim maktablarida pedagog va texnik xodimlarini strategik boshqarish jarayonining asosiy ketma-ketliklarini izohlab bering. Ular nechta ketma-ketlikdan iborat?
5. Umumta’lim maktablarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday aniqlanadi va ularda kadrlar ishini rejalashtirish qanday ro‘yobga chiqariladi?
6. Umumta’lim maktablariga kadrlarni jalb qilishning asosiy manbalari nimalardan iborat va ulardan qaysi biri uzoq muddatga hisob-kitobda ishlatilishi mumkin?
7. Umumta’lim maktablariga diversifikatsion soha bo‘yicha yangi ishga qabul qilingan mutaxassislarni ko‘niktirish va keyinchalik ularning malakasini oshirishning qanday usullaridan foydalaniladi?
8. Umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlarini kelajak nuqtai nazaridan boshqarish samaradorligi qanday baholanadi?

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling